485-bob. Bo'sh uyga kirgan kishining salom berishi haqida
1087. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Hech kimsa bo'lmagan yerga kirmoqchi bo'lgan
kipsh: "Bizga va solih bandalarga Allohning salomi bo'lsin", deb kirsin".
1088. Ibn Abbos (r.a.) (ovoz chiqarib ushbu oyatlarni o'qidilar): "Ey, imon keltirganlar!
O'z uylaringizdan o'zga uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom
bermaguningizcha kirmangiz!" Istisno ravishda yana ushbu oyatni ham o'qidilar:
"(Xususiy) maskan bo'lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan
uylarga (izn so'ramasdan) kirishingizda sizga gunoh yo'qdir. Alloh oshkor qilayotgan
narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni ham bilur" (24:29, 27).