486-bob. Xizmatchilaringiz huzuringizga kirish uchun sizdan izn so'rasinlar
1089. Abdulloh ibn Umar (r.a.): ("Nur" surasining 58-59-oyatlari) ayollargagina emas,
balkk erkaklarga ham tegishlidir", dedilar.
487-bob. Go'daklar balog'atga yetsa...
1090. Nofi'dan rivoyat qilindi: Ibn Umar (r.a.) bolalaridan birortasi balog'atga yetsa, uni
o'zlaridan uzoqlashtirardilar. Bolalari ularning huzuriga faqat izn so'rab kirishar edi.
488-bob. Onasining oldiga izn so'rab kirish haqida
1091. Alqama (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir kishi Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan:
"Onamning oldilariga kirish uchun ham izn so'rashim kerakmi?" - deb so'radi. "Unihar
doim (har qanday holatda) ko'rging kelmasa kerak", deb javob berdilar Abdulloh (r.a.).
1092-hadis yuqoridagi hadisning takrori, faqat savol beruvchi Huzayfa (r.a.)ga murojaat qilgan.
489-bob. Otasidan izn so'rab kirish haqida
1093-hadis. Muso bin Talha (r.al.) aytdilar: "Otam bilan men ham onam huzurlariga
kirayotgandik. Otam kirdilar, men ham ortlaridan kirmoqchi bo'lgandim, otam ko'ksimga
chunonam urdilarki, orqam bilan o'tirib qoddim. So'ng: "Izn so'ramay kirmoqchimisan?"
- dedilar".