490-bob. Kimning oldiga kirishdan qat'i nazar izn so'rash haqida
1094. Jobir (r.a.) aytdilar: "Kishi farzandining, onasining, garchi u qari kampir bo'lsa
ham, aka-ukalarining, opa-singillarining va otasining huzur-lariga kirishda izn so'rashi
kerak".
491-bob. Opa-singillari oldiga izn so'rab kirish haqida
1095-hadis. Ato (r.a.) aytdilar: "Men Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan so'radim:
"Singillarimning oldiga ham izn so'rab kiramanmi?" "Ha", dedilar. So'ng yana qaytib
kelib: "Ikki singlim mening uyim-da yashaydi, men ularni ta'minlashni o'z zimmamga
olganman, ularning oldiga ham izn so'rab kiraman-mi?" - deb so'radim. Abdulloh ibn
Abbos: "Ha, nima, bo'lmasa ularni yalang'och ko'rishni xohlaysanmi?" - dedilar. So'ng
(ushbu oyatni) o'qidilar: "Ey, imon keltirganlar! Qo'l ostingizdagi (qul va cho'ri)la-ringiz
hamda balog'atga yetmagan (farzand)laringiz uch marta (huzuringizga kirishda)
sizlardan izn so'rasinlar - bomdod namozidan ilgari, peshin vaq-tida (issiqtsan)
kiyimlaringizni tashlagan vaqtingizda va xufton namozidan keyin, (bu) uch (vaqt)
sizlarning avratlaringiz (ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan vaqtlar)dir..." (22:58). (Keyin)
Abdullohibn Abbos (r.a.): "Bular (ya'ni farzand, qul va cho'ri-lar) faqat mana shu
avratlari ochiq bo'lishi mumkin bo'lgan uch paytdagina izn so'rashga buyurildilar", deb
(ushbu oyatni) o'qidilar: "Qachonki, go'dak-laringiz balog'atga yetsa, bas ular ham xuddi
o'zlaridan oldingi (balog'agga yetgan)lar kabi izn so'rasinlar!.." (22:59). Abdullohibn
Abbos (r.a.): "Izn so'rash vojibdir", dedilar. Ibn Jurayj (r.a.) esa: "Har bir odamning
oldiga kirishda", deb qo'shimcha qilganlar,
492-bobdagi 1096-hadis yuqoridagi to'rtta hadisning mazmunan takroridir. "Kirish uchun uch marta izn so'rash haqida" degan 493-bobdagi 1097-hadis mazmuni quyidagi 494- bobning 1104-hadisda keladi.