1102. Sahl ibn Sa'd (r.a.) aytdilar: "Bir kishi Rasuli akram (s.a.v.) eshiklaridan
yashirincha qaradi. Rasulullohning qo'llarida boshlarini qashiydigan taroq bor edi. Ul zot:
"Sening menga qarab turganingni bilganimda mana shu (taroq)ni ko'zingga tiqib
olardim", dedilar".
1103. Rasululloh (s.a.v.): "Izn so'rashlik qarash sababli joriy qilindi", dedilar.
497-bob. Kishiga uning uyida salom berish haqida
1104. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Men hz. Umar (r.a.)ning huzurlariga kirish uchun uch
marta izn so'radim, izn berilmagach, orqamga qaytdim. Hz. Umar (r.a.) (ishlaridan forig'
bo'lgach, ) meni chaqirtirib keldilar va: "Ey, Abdulloh, eshigim tagida kutib turish senga
og'ir keldimi? Bilaman, odamlar shunaqa -eshigingning tagida kutib turishni
yoqtirishmaydi", dedilar. Men: "Yo'q, men sizdan uch marta izn so'radim, izn
berilmagach, orqamga qaytdim (biz shunga buyurilganmiz)", dedim. Hz. Umar (r.a.):
"Sen buni kimdan eshitgansan?" - deb so'radilar. "Rasululloh (s.a.v.) dan", deb javob
berdim. Hz. Umar (r.a.): "Payg'ambar (s.a.v.)dan biz eshitmagan narsani sen
eshitibsanda? Agar huzurimda ushbu so'zingga hujjat kel-tirmasang, boshqalarga.ibrat
bo'lishi uchun seni jazolayman", dedilar. Men u yerdan chiqib masjidda o'tirgan bir
guruh ansor sahobiylarning oldiga bordim va ulardan (o'sha hadis haqida) so'radim.
Ular: "Birov bunga shubha qilmoqdami?" - deyishdi. Men ularga hz. Umar (r.a.) nima
deganlarini aytdim. Ular: "Sen bilan kichigimiz Abu Said Xudriy (r.a.) bora-di", dedilar.
Men bilan Abu Said Xudriy (r.a.) (yoki Abu Mas'ud (r.a.) Umar (r.a.)ning huzurlariga
bordi. Abu Said (r.a.) dedi: "Biz Rasul-ulloh (s.alz.) bilan (yo'lga) chiqdik. Ul zot Sa'd ibn
Uboda (r.a.)nikiga bormoqchi edilar. Bordilar va salom berib, kirishga izn so'radilar,
javob bo'lmadi. So'ng ikkinchi marta salom berib izn so'radilar, yana javob bo'lmadi.
So'ng uchinchi marta izn so'radilar, yana javob yo'q. Shunda ul zot: "Biz zimmamizdagi
(vazifani) ado etdik", deb qaytdilar. Shu payt Sa'd (r.a.) (chiqib) ul zotga yetib oldi va:
"Ey, Allohning Rasuli, sizni haq bilan yuborgan Zotga qasamki, siz birinchi bor salom
berganingizdayoq eshitgandim, o'shanda alik olsam bo'lardi-yu, lekin menga va oilam-
ga ko'proq salom berishingizni xohladim", dedi". Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Men, Allohga
qasamki, Rasululloh (s.a.v.)ning hadislari borasida faqat rost gapiraman".(Shunda Umar
(r.a.)): "Albatta, lekin men (har gapga) hujjat so'rashni, ehgiyotkorlikni yaxshi
ko'raman", dedilar".