1127. Jobir ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Agar uyingga, ahling huzuriga kirsang, ularga Alloh
huzuridan (kelgan) pokiza va muborak salom ber". Abu Zubayr (r.a.) aytdilar: Men
(Jobir (r.a.)ning) faqat Allohning ushbu so'ziga ishora qilayotganini sezdim: "Qachon
sizlarga biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik
olingiz yoki o'sha (ibora)ni qaytaringiz..." (4:86).