1128. Jobir (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: "Kishi uyiga kirishda va
ovqatlanishda Alloh azza va jallani zikr qilsa, shayton: "Sizlarga qo'noq (boshpana) ham,
kechki taom ham yo'q", deydi. Agar kishi uyiga kirishida Allohni eslamasa, shayton:
"Boshpanaga erishdingiz", deydi. Agar u ovqat payti Xudoni yodiga olmasa, shayton:
"Boshpanaga ham, kechlik taomga ham erishdingiz", deydi".
510-bob, Izn so'ralmaydigan joy haqida
1129-hadis. Ayyon Xavorazmiy (r.al.) aytdilar: "Biz Anas ibn Molik (r.a.)ning oldilariga
kelganimizda u kishi dahlizlarida o'tirgan edilar, yonlarida hech kim yo'q edi. Do'stim u
kishiga salom berib: "Kirsam maylimi?" - dedi. Anas (r.a.): "Kir, bu yer hech kim izn
so'ramaydigan joydir", dedilar. Oldimizga ovqat qo'ydilar, biz yedik. So'ng bir qadah
shirin nabiz olib keldilar, biz quyib berdik, ichdilar".