1139. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Yahudiylardan biri sizga
salom berib: "Assomu alaykum", desa, "Vaalayka", deb javob qaytaring", dedilar".
1140. Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo'ladimi, sizlarga
salom bersa, alik olinglar. Zero, Alloh taolo shunday marhamat qilgan: "Qachon sizlarga
biror salomlashish (iborasi) bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olingiz
yoki o'sha (ibora)ni qaytaringiz..." (4:86).