1224. Solimning otasi aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringiz chap qo'li bilan yeb-
ichmasin, chunki shayton chap qo'lida yeb ichadi", dedilar. Nofi' (r.a.) bunga shunday
qo'shimcha qildilar: "Ul zot yana: "Chap qo'l bilan olmangiz ham, bermangiz ham",
degandilar.
568-bob. O'tirmoqchi bo'lganda poyabzalini qaerga qo'yish kerakligi haqida
1225. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Kishi o'tirayotganda poyabzalini yechib,
yoniga qo'yishi sunnatdir".
1226. Abu Umoma (r.a.) aytdilar: "Sizlardan bi-ringiz ayolini o'ringa yotqizib, ko'nglini
olayotganda shayton u odamni ayolidan g'azablantirish uchun uning to'shagiga kelib,
kaltak, tosh va yo (shunga o'xshash) narsalarni tashlaydi. Agar shunday (narsa) topsa,
ayoliga jahl qilmasin, zero u shaytonning amallaridandir".