Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. O'ringa kirayotganda nima deyilishi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə406/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   443
Buxpriy

576-bob. O'ringa kirayotganda nima deyilishi haqida 
 
1240. Huzayfa (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) uxlamoqchi bo'lsalar: "Allohim, Sening 
isming bilan o'lib-tirilurman", der edilar. Uyg'onganlarida: "Bizga o'ddirganidan so'ng 
takror hayot bergan Alloh taologa hamd bo'lsin, qaytishimiz faqat Ungadir", der edilar". 
 
1241. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) o'rinlariga kirganlarida: "Bizni 
yedirib-ichirgan, kifoyat etgan va panoh bo'lgan Alloh taologa hamd bo'lsin. Kifoya 
qiluvchisi va panohi bo'lmaganlar qan-chadan qanchadir", der edilar. 
 
1242. Jobir (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alif. Lom. Mim. Tanzil..."ni ("Sajda" 
surasi) va "Taborakallaziy bi-yadihi-l-mulk.."ni ("Mulk" su-rasi) o'qimay uxlamas edilar. 
Abu Zubayr (r.a.) ayt-di: "Bu ikki sura Qur'onning boshqa suralaridan yetmish hasanot 
fazilatlidir. Ularni kim o'qisa, unga 70 hasaiot yoziladi, darajalari 70 barobar ko'tari-ladi 
va 70 ta gunohi o'chiriladi". 
 
1243. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Zikr asnosida uyku shaytondandir, 
xohlasangiz tajriba qilib ko'ring. Biringiz xo'shagiga yotib, uxlamoqchi bo'lsa, Alloh azza 
va jallani zikr qilsin". 
 
1244-hadis 1242-hadisning takrori. 
 
1245. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Raslululloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan biringiz 
to'shagiga yotayotganda uning ichlarini chiqarib yaxshilab qoqsin, chunki uning ichida 
nima borligini (nima kirib olganini) bil-maydi. So'ng shunday deb duo qilsin: "(Ey, 
Allohim), Sening isming bilan yonimni (to'shakka) qo'ydim. Naf-simni hisob qilar (ya'ni, 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
jonimni olar) ekansan, rahm qil (Allohim). (Qayta uni jasadimga) yo'llasang, solih 
qullaringni asraganingdek meni ham hifzu himoyangga olgin!" 
 
1246. Baro bin Ozibdan (r.a.) rivoyat qilindi: "Ra-sululloh (s.a.v.): "Uxlamoqchi bo'lgan 
odam o'ng yoni bilan yotsin va shunday desin: "Ey, Allohim, o'zingga yuz-landim
o'zimni Senga taslim qildim, Senga tayan-dim, e'timod qildim, Senga xohish-istagim 
bor. Sen-dan qo'rquvim bisyor! Sendan o'zga najotkor va Sendan o'zga panohim yo'q! 
Najotu panoh - himoya faqat Se-ningdir! Nozil qilgan kitobigga inondim, yuborgan 
Payg'ambaringga imon keltirdim". Agar banda mana shularni o'qib yotsa va vafot etsa 
imonli ketadi". 
 
1247. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) yotoqlariga kirganlarida: 
"Osmonlaru yerning Parvardigori bo'lmish Allohim! (Ey) donu urug'ni (yaratuvchi, 
unduruvchi), Tavrot, Injil va Qur'onni indiruvchi! Sen peshona kokilidan tutadigan 
barcha yomonlik egalaridan panoh bergin! O'zing Avvalsan, Sendan oddin hech narsa 
yo'q; o'zing Oxirsan, Sendan keyin hech narsa yo'q; o'zing Zohirsan, Sendan tashqa-ri 
hech narsa yo'q; o'zing Botinsan, Sendan mustasno hech narsa yo'q. qarzlarimdan najot 
bergin, faqir-likdan (qutqarib), boy qilgin", der edilar". 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin