1272. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Xo'rozning kechasi qichqirganini
eshitsangiz, u fa-rishtani ko'rgan bo'ladi, Allohtsan fazlu marhamatini so'rang. Agar
eshakning hangraganini eshitsangiz, u shaytonni ko'rgan bo'ladi, "Auzu billahi mina-sh-
shay-toni-r-rajim" deng", deya marhamat qildilar".
592-bob. Burgani so'kmaslik haqida
1273. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, bir kishi Payg'ambar (s.a.v.)ning
huzurlarida burgani la'natladi. Ul zot: "Burgani la'natlama, chunki u pay-g'ambarlardan
birini namozga uyg'otdi", dedilar.