Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Yetim boqqan kishining ajri



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   443
Buxpriy

75-bob. Yetim boqqan kishining ajri 
 
133. Murratu-l-Faxriy ibn Amr (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qildilar: Rasululloh 
(s.a.v.): "Etim bolaning tarbiyasini o’z ustiga olgan kishi jannatda men bilan shunday 
yaqin bo’ladi", deb o’rta barmoqlari bilan ikkinchi barmoqlari (ibhomlari)ni ko’rsatdilar. 
 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
 
134. Hasan Basriy (r.al.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) 
taom yeydigan vaqtlarida bir yetim bola kelib, u janob bilan birgalikda ovqatlanardi. 
Kunlarning birida Abdulloh (r.a.)ga taomlari keltirildi, lekin yetim bola yo’q edi. Uni 
axtarib topisha olmadi. Noiloj Abdulloh (r.a.) o’zlari taomni yeb bo’lganlaridan keyin bola 
kelib qoldi. Bolaning taomini olib kelinglar, deb buyurdilar, ammo taom tugab qolgani 
uchun uzr aytilgandan keyin Abdulloh (r.a.) talqon bilan asalni keltirib, .bola oldiga 
qo’ydilarda: "Mana buni tanovul qila qol! Alloh nomi bilan qasamyod qilamanki, sen 
ziyon qilgan bo’lmading", dedilar". Hasan Basriy (r.al.) aytdilar: "Vallohi, Ibn Umar (r.a.) 
ham ziyon qilmadilar". 
 
Ziyon qilgan bo’lmading - ya'ni taomdan kech qolgan bo’lsang ham, bu talqon bilan asal 
biz yegan taomdan yaxshiroqdir.Ibn Umar (r.a.) ham ziyon qilmadilar -chunki u kishi 
yaxshi gap bilan bolaning ko’nglini ko’tarib savobga ega bo’ldilar . 
 
135-hadisda 133-hadis mazmuni takrorlangan, faqat u Sahl ibn Sa'd (r.a.)dan rivoyat 
qilingan. 
 
136. Abu Bakr ibn Hafsning aytishlaricha, Abdulloh ibn Umar (r.a.) biron yetim bola 
ishtirok etmaguncha dasturxondan taom yemasdilar. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin