Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
157. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Birov sizni uyiga taklif qilsa
boring,
hadya qilinsa, qabul qiling va musulmonlarni urmang", dedilar.Taklif xoh
ziyofatga, xoh biror to’yga bo’lsa (basharti u yerda ichkilik kabi buzuq ishlar bo’lmasa)
unga borish lozim. hadya berilganda uni hazm qilib ketmay, iloji bo’lsa
yaxshiroq biror
narsa berish albatta yaxshiroqdir. Shar'iy yoki qonuniy hukm bilan bo’lmasa,
musulmonlarni va shu jumladan qaramog’idagi kishilarni nohaq urish albatta haromdir .
158. Hz. Ali (k.v.) Rasululloh (s.a.v.)ning so’nggi so’zlari shunday bo’ldi, deb xabar
qildilar: "Namozni kanda qilmang, namozni kanda qilmang. Qaramog’ingizdagi
kishilarga
yomon munosabatda bo’lishdan Allohdan qo’rqing!"
Dostları ilə paylaş: