Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Qulning qasos olishi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   443
Buxpriy

94-bob. Qulning qasos olishi haqida 
 
181. Ahmad ibn Yasir (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Kim o’z quliga zulm qilib uni 
noo’rin ursa, qiyomat kuni albatta undan qasos olinadi", dedilar. 
 
182. Abu Layla rivoyat qildi: "Salmon Forsiy (r.a.) uyidan chiqdi. Og’ilxonaga qarasaki, 
mollarga yetarli yem berilmagan. U qulini chaqirib: "Agar men oxiratdagi qasosdan 
qo’rqmaganimda senga tanbih bergan bo’lardim", dedi". 
 
183. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.): "Qiyomat kuni 
zimmangizdagi haqni albatta o’z egalariga topshirasizlar, hatto shoxsiz qo’y uchun 
shoxlik qo’ydan ham o’ch olinadi", dedilar. 
 
184. Ummu Salama ummul-mo’minin (r.a.)dan rivoyat qilindi: Rasululloh (s.a.v.) u 
zotning navbatida uylarida bo’lib, o’zlarining cho’rilari yoki Ummu Salamaning cho’risini 
chaqirdilar. Cho’ri (darhol kelmay) ta'xir qilgani uchun Rasulullohning muborak yuzlarida 
g’azab alomati ko’rindi. Shunda Ummu Salama (yo’lakdagi) parda tomonga bordilar
cho’ri o’sha yerda o’ynab o’tirgan edi. Rasululloh (s.a.v.) qo’llaridagi misvokni ko’rsatib: 
"qiyomat kunida o’ch olish xavfi bo’lmaganda edi, men seni shu misvok bilan urgan 
bo’lardim", dedilar. Muhammad ibn Hasan bu hadisga: "Cho’ri bir uy hayvoni bilan 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
o’ynashib o’tirgan edi. Cho’rini Rasululloh huzurlariga olib kelib: "Yo Rasulalloh! Cho’ri 
sizning chaqirganingizni eshitmadim. deb qasam ichayapti", degan jumlani qo’shdilar. 
 
185. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s a v.): "Kim kimni ursa yoki nimani ursa
qiyomat kuni undan qasos olinadi", dedilar". 
 
186-hadis 185-hadisning aynan takrori. 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin