215. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.):"Kim moddiy jihatdan birovga
yaxshilik qilsa, unga ham yaxshilik qaytarilsin. Yaxshilik qilishga qurbi kelmasa, u kishini
g’oyibona maqtasin, chunki maqtash tashakkur o’rnida o’tadi. Ammo u kishining
yaxshiligini yashirsa, undan tongan, yaxshilikni bilmagandek bo’ladi. Kim o’zida yo’q
narsani menda falon narsa bor deb maqtansa, ikki qavat kiyim bilan o’ralgan
hisoblanadi", dedilar".
Ya'ni u ikki barobar yolgondir .
215-hadis. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Kim Alloh taoloning
panohiga Sig’inib sizlardan yordam so’rasa, unga yordam qiling. Allohni vosita qilib biror
narsa so’rasa, so’ragan narsasini bering. Birov sizga moddiy yaxshilik qilsa, yaxshiligini
qaytaring! Agar uni qaytarishga qodirbo’lmasangaz, u kishi haqiga duo qiling, toki u
odamning qilgan yaxshiligi bekorga ketmaganini bilsin", dedilar".
216. Ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildi: "Kimki
Allohga sigansa, uni muhofaza qiling. Kim Alloh uchun biron nima so’rasa, uni bering.
Kim sizlarga yaxshilik qilsa, siz ham o’shandoq yaxshilik bilan qaytaring. Agar yaxshilik
qilish uchun biron nima topa bilmasangiz, uni duo qilingki, yaxshiligiga javob qaytargan
bo’lasiz".