Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Joyiz bo’lmagan hazillar haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   443
Buxpriy

121-bob. Joyiz bo’lmagan hazillar haqida 
 
242. Abdulloh ibn Soibning bobosidan rivoyat qilindi: "Men Rasululloh (s.a.v.)dan: "Hech 
qaysingiz oshnasining narsasini hazil qilib ham olmasin. Bittangiz birodarining asosini 
olsa, uni egasiga qaytarib bersin", degan gaplarni eshitdim", dedilar. 
 
Birovning narsasiga hazillashib olish birinchidan, o’sha odamni tahqirlash hisoblansa, 
ikkinchilan, o’g’rilik bilan ayblansa, hazilning tagi zil bo’lib, shariat qonuni bo’yicha jazo 
olishi tayin. 
 
122-bob. Yaxshilikka dalolat qilish haqida 
 
243. Abu Mas'ud Ansoriy (r.a.) aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga bir kishi kelib: 
"Men yo’lda toliqib qoldim, bir ulov bering", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Menda ulov yuq. 
Lekin falonchiga borsang, u ehtimol senga ulov berar", dedilar. U kishi Rasululloh 
(s.a.v.) tayin qilgan odamga borgan edi, u bir ulov berdi. Keyin u Rasululloh (s.a.v.)ga 
kelib, u odam ulov berganini aytganda, Rasululloh (s.a.v.): "Kim bir yaxshilikka dalolat 
qilsa, o’sha yaxshilik qilgan kishiga berilgan savob barobarida savobga ega buladi", 
dedilar". 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin