Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/443
tarix12.03.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#114822
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   443
Buxpriy

123-bob. Afv etish haqida 
 
244-hadis. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Bir yahudiy xotin Rasululloh 
(s.a.v.)ga qo’yning zaxar solingan go’shtini olib keldi. Rasululloh (s.a.v.) go’shtdan 
yedilar. Keyin yahudiyani olib kelindi (bunga zahar soldingmi, deb so’ralganda, u e'tirof 
qildi). Shunda: "Yo Rasululloh! Bu juhud xotinni o’ldiraylikmi?" deganlarida, Rasululloh 
(s.a.v.): "Yo’q, o’ldirmanglar", dedilar. Anas: "Men bu zaharlik go’shtning asari doim 
Rasululloh (s.a.v.)ning qizil o’ngachlari (lakluklari)da qolganini his qilardim va sezib 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
yurardim", deydilar. 
 
Ya'ni uning ta'sirida Rasulullohga ba'zan betoblik oriq bo’lardi, uni men qizil 
o’ngachlarining rangi o’zgarganidan yoki uning turtib chiqqanidan va yallig’lanishidan 
sezar edim, demoqchi. 
 
245. Vahb ibn Kaysan dedi: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) minbarga chiqib: "Afvni (qabul 
qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o’giring!" (7:199) - degan oyati 
karimani o’qib, "Alloh taolo afv qilishni ol, deb buyurdi. Uning nomi bilan qasamyod qilib 
aytamanki, Alloh taolo afv qilishni faqat kishilarning axloqidan olishga buyurdi. Men 
kishilar bilan suhbatlashar ekanman, afv qilishni albatta ularning axloqidan olaman", 
degan edilar. 
 
246. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishilarga islomni 
o’rgatinglar, ularga qiyin emas, yengil yo’lni ko’rsatinglar, qachon jahlingiz chiqsa, jim 
turishga o’rganing", dedilar". 
 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   443




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin