253. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (sa.v.): "Tovush chiqarib kulishni kam qil!
Chunki ko’p kulish dilni vayron qiladi", dedilar".
254-hadis 253-hadisning takrori va u ham Abu Hurayra (m.)dan rivoyat qilingan.
255. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir qancha sahobiylar kulishib o’tirishgan vaqtida
Rasululloh (s.a.v.) chiqib qoldilar-da: "Jonim qudrat qo’lida bo’lgan Alloh taolo nomi
bilan qasamyod qilamanki, men biladigan narsalarni bilganingizda, albatta, oz kulib, ko’p
yig’lagan bo’lardingiz", deb chiqib ketdilar. Sahobiylarning kulgisi yig’iga aylandi. Shunda
Rasululloh(s.a.v.)gaAllohtaolo: "Ey, Muhammad, nima uchun bandalarimni noumid
qilasan?" - deb vahiy qildi. Rasululloh (s.a.v.) ularning oldiga qaytib chiqdilarda: "Ey,
ummatlarim! Sizlarga shodlik bo’lsin! To’g’ri so’z bo’lingiz, o’rta yo’lni tanlangiz!" -
dedilar".