Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
112
120-bob. Mayyitning janozasida o’qiladigan zikrlar
Mayyitga janoza namozini o’qish farzi kifoyadir. Shu singari, uni yuvish, kafanlash, dafn 
qilish ham farzi kifoyadir. Bunga hamma bir ovozdan ittifoq qilishgan. 
Janoza namozi quyidagicha o’qiladi: Avval «Allohu akbar» deb, ya’ni, takbiri tahrimani 
aytib quloq qoqadi. So’ng Sano – «Subhanakallohumma va bihamdika va 
tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha g’oyruk» duosi o’qiladi. So’ngra yana takbir 
aytadi, ammo qo’lini ko’tarmaydi. Keyin Rasulullohga biror salovotni aytadi. So’ng 
«Allohu akbar», deb janoza duosini o’qiydi. Janoza duosi:
«Allohummag’fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g’oibina va sog’iyrina va 
kabiyrina va zakarina va unsana. Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam 
va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la 
taftinna ba’dahu». (Ma’nosi: Ey Rabbim tirigu o’ligimizni, hoziru g’oyibimizni, kichigu 
kattamizni, erkagu ayolimizni mag’firat qil. Ey Rabbim, kimimizni hayotda qoldiradigan 
bo’lsang, uni Islomda qil, kimimizni o’ldiradigan bo’lsang, uni iymon bilan vafot ettir. 
Bizni uning ajridan mahrum qilma. Undan keyin bizni fitnaga solma.) Agar mayyit yosh 
bola bo’lsa, quyidagi duoni o’qiydi:
«Allohummaj’alhu lahuma farotan vaj’alhu lahuma salafan vaj’alhu lahumo zuhron va 
saqqil bihi mavaziynahuma va afrig’is sobro ‘ala qulubihima va la taftinnahuma ba’dahu 
va la tahrimhuma ajrah», so’ng yana «Allohu akbar» deydi va ikki tomonga salom berib, 
namozni tugatadi. (Ma’nosi: Allohim, bu go’dakni ota-onalari uchun ajr, fazl va zahira 
qil. U sababli ota-onasining tarozilarini og’ir qil, qalblariga sabr yog’dir. Undan so’ng 
ularni fitnaga solma, ularni uning ajridan mahrum qilma.) 
410/1. Ibn Ma’suddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza 
namozida Qur’ondan biror narsa o’qishni tayinlamaganlar. 
411/2. Avf ibn Molik (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janoza 
namozi o’qiganlaridagi duolarini yodlab oldim, unda:
«Allohummag’fir lahu varhamhu va a’fihu va’fu anhu va akrim nuzulahu va vassi’ 
mudxolahu vag’silhu bil mai vas salji val barodi va naqqihi minal xotoya kama 
naqqoytas savbal abyazo minad danasi va abdilhu daron xoyron min darihi va ahlan 
xoyron min ahlihi va zavjan xoyron min zavjihi va adxilhul jannata va a’izhu min ‘azabil 
qobri va min ‘azabin nar», deb aytganlar, o’shanda, hatto men o’sha mayyitning o’rnida 
bo’lishni orzu qilib qoldim». (Ma’nosi: Ey Rabbim, uni mag’firat qil, unga rahm et. Uni 
ofiyatda qil va avf et. Tushadigan yerini mukarram, kiradigan yerini keng qil. Uni suv, 
qor, do’l bilan yuv. Oq kiyim kirdan toza bo’lgani kabi, uni xatolardan pokla. Unga 
hovlisidan yaxshiroq hovli, ahlidan yaxshiroq ahl, juftidan yaxshiroq juft ber. Uni 
jannatga kirgiz, qabr va do’zax azobidan saqla.) Imom Muslim rivoyatlari 
412/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
janoza namozida:
«Allohummag’fir lihayyina va mayyitina va shahidina va g’oibina va sog’iyrina va 
kabiriyna va zakarina va unsana, Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin