Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
117
Jud’on va boshqalarning qissalarini zikr qilganlar. Yuqoridagi hadisda yomonning
yomonligi aytilganida, Rasululloh man’ etmadilar, balki «Vojib bo’ldi», dedilar.
429/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam Oisha
onamizning navbatlaridagi kecha oxirida hamisha Baqiy’ qabristoniga chiqib:
«Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyna va ‘atokum ma tu’adun, g’odan
muajjaluna va inna inshaallohu bikum lahiqun, Allohummag’fir liahli baqiy’il g’orqod»,
deb aytardilar. (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey mo’minlar hovlisidagi qavmlar. Sizlarga
va’da qilingan narsa keldi. Inshaalloh ertaga kechikib bo’lsa ham, sizlarga yo’liqamiz. Ey
Rabbim, «Baqiy’ g’arqad» qabristondagilarni mag’firat qil.) Imom Muslim rivoyatlari
430/2. Oisha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Ey
Rasululloh, qabrlarni ziyorat qilganimda nimani aytay?» deb so’radim,
u zot sollallohu
alayhi vasallam:
«Assalamu ‘ala ahlid-diyari minal mu’miniyna val muslimiyn va yarhamullohul
mustaqdimiyna minkum va minna valmusta’`xiriyna va inna inshaallohu bikum
lahiqun», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Ey mo’min va musulmonlardan iborat diyor ahli,
sizlarga salom bo’lsin. Alloh sizlardan va bizlardan oldin o’tganlarga va keyin
keladiganlarga rahm qilsin. Inshaalloh, biz ham sizlarga yo’liqurmiz.)
Imom Muslim
rivoyatlari
431/3. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh (s.a.v) qabristonga chiqib:
«Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyna va inna inshaallohu bikum lahiqun», deb
aytardilar». (Ma’nosi: Mo’minlar qavmi hovlisidagilar, sizlarga salom bo’lsin. Alloh
xohlasa, bizlar ham sizlarga qo’shilamiz.) Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojalar rivoyati
432/4. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam Madina
ahli qabristonidan o’taturib:
«Assalamu ‘alaykum ya ahlal qubur, yag’firullohu lana va lakum. Antum salafuna va
nahnu bil asar», deb aytdilar». (Ma’nosi: Assalomu alaykum, ey qabr ahllari,
Alloh bizu
sizni mag’firat qilsin. Sizlar bizdan oldin ketdinglar, bizlar izingizdan yetib olamiz.) Imom
Termiziy rivoyatlari
433/5. Burayda (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v) agar qabristonga chiqadigan
bo’lsalar:
«Assalamu ‘alaykum ahlad diyari minal mu`miniyna va inna inshaallohu bikum
lalahiqun, as`alulloha lana va lakumul ‘afiyah», deb aytishni o’rgatardilar». (Ma’nosi:
Mo’minlar
diyori ahli, sizlarga salom bo’lsin. Inshaalloh, bizlar ham sizlarga qo’shilamiz.
O’zimizga va sizlarga ofiyat so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari
Nasoiy va Ibn Mojalarning rivoyatlarida:
«Antum lana farotun va nahnu lakum taba’un» lafzi ziyoda qilingan. (Ma’nosi: Sizlar
bizdan oldin o’tdinglar. Bizlar esa sizlarga ergashuvchimiz.)
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: