Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
124
essa, uni so’kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so’rab, yomonidan panoh tilanglar»,
dedilar. Abu Dovud va
Ibn Moja rivoyatlari
456/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam osmon
ufqida to’plangan bulutni ko’rsalar, qilib turgan ishlarini to’xtatardilar, agar namozda
bo’lsalar:
«Allohumma inniy a’uzu bika min sharriha» (Ey Rabbim, Sening noming ila uning
yomonligidan panoh tilayman), deb aytardilar. Agar yomg’ir yog’sa:
«Allohumma sayyiban haniy`an» (Ey Rabbim, shaldirab oquvchi yoqimli yomg’ir
yog’dir), deb aytardilar. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari
457/4. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Shamolni so’kmanglar, agar biror karih narsani ko’rsanglar:
«Allohumma inna nas`aluka min xoyri hazihir riyhi va xoyri ma fiyha va xoyri ma umirot
bihi va na’uzu bika min sharri hazixir riyhi va sharri ma fiyha va sharri ma umirat bihi»,
deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan shamolning yaxshisini va undagi
yaxshiliklarni va u bilan buyurilgan narsalarning yaxshiligini so’rayman. Va Sendan,
shamolning yomonidan, undagi yomonliklardan va u bilan buyurilgan yomonliklardan
panoh so’rayman.)
Termiziy rivoyatlari
458/5. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
agar shamol kuchaysa:
«Allohumma laqhan la aqiyman», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, bulutni suvlik qil,
suvsiz qilib qo’yma.) Ibn Sunniy rivoyatlari
459/6. Anas ibn Molik va Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror katta ish sodir bo’lsa yoki qattiq shamol essa,
ko’p takbir aytinglar, chunki u qora tutunni uzoqlashtiradi», dedilar. Ibn Sunniy
rivoyatlari
460/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom
agar shamol essa
tizzalarini yerga qo’yib:
«Allohummaj’alha rohmatan va la taj’alha ‘azaba. Allohummaj’alha riyahan va la taj’alha
riyha», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, uni rahmat ayla, azob qilma. Allohim, uning
osoyishtaligidan qil, kuchliligidan qilma.) Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida rivoyat
qilganlar.
Alloh taolo kitobida aytadi:
Dostları ilə paylaş: