Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
133
ko’tarmaydi. Talbiya har gal uch martadan qaytariladi. Uning orasi gap bilan 
bo’linmaydi. Agar biror kishi salom bersa, javob qaytaradi. Lekin talbiya aytayotgan 
kishiga salom berish karih amaldir. Agar biror ajablanarli narsa ko’rsa: «Labbayka innal 
‘aysha ‘ayshul axiroti», deb Rasulullohga iqtido qilgan holda aytadi. (Ma’nosi: 
Toatingdaman, haqiqiy yashash oxiratdagi yashashdir.) Ana shu talbiyani nahr kuni 
Aqabada tosh otguncha yoki ifoda tavofini ado etgunicha aytadi. Mana shu amallardan 
birortasiga kirishsa, talbiyani to’xtatib, takbir bilan mashg’ul bo’ladi. 
Fasl:
Agar ehromdagi kishi Makkadagi haramga yetsa (Alloh uning sharafini ziyoda 
qilsin), quyidagi duoni o’qishi mustahabdir:
«Allohumma haza haromuka va amnuka faharrimniy ‘alan nari va amminiy min ‘azabika 
yavma tab’asu ‘ibadaka vaj’alniy min avliyaika va ahli to’atik». (Ma’nosi: Ey Rabbim, bu 
Sening haraming va omonlik yeringdir. Do’zaxni menga harom et. Azobingdan meni 
omon saqla. Meni avliyolaring va toat ahli qatorida qil.) 
Fasl:
Kim Makkaga kirgach, ko’zi Ka’baga tushsa, quyidagi duoni o’qiydi. Chunki Ka’bani 
ko’rganda musulmonning qilgan duosi ijobat qilinadi, deyilgan:
«Allohumma zid hazal bayta tashriyfan va ta’ziyman va takriyman va mahabatan va zid 
man sharrofahu va karromahu mimman hajjahu av i’tamarohu tashriyfan va takriyman 
va ta’ziyman va birron», deydi. (Ma’nosi: Ey Rabbim, bu uyning sharafini, ulug’ligini, 
hurmatini, haybatini ziyoda qil. Va uni sharaflagan, hurmatlagan, haj qilgan, umrani 
bajargan kishilarning sharafini, ulug’ligini, yaxshiligini ziyoda et). Yana:
«Allohumma antas salamu va minkas salamu hayyina robbana bissalam», deb aytadi. 
(Ey Rabbim, Sen salom sifatli zotsan, salomatlik Sendan. Bizni salomatlik ila tiriltir.), 
deb aytadi. So’ngra dunyo va oxirat yaxshiliklarini so’rab, xohlaganicha duo qiladi. 
Masjidga kirganda esa, masjidga kirish duosini o’qiydi. 
Atodan qilingan rivoyatda, Rasululloh agar Baytullohga yo’liqsalar,
«A’uzu birobbil bayti minal kufri val faqri va ziyqis sodri va ‘azabil qobri», deb aytardilar. 
(Ma’nosi: Baytullohning Rabbi ismi ila kufrdan, kambag’allikdan, qalb ziqnaligidan, qabr 
azobidan panoh tilayman.) 
Baytullohga kirilganida, quyidagi duoni o’qish ham yaxshi amaldir: «Allohumma antas 
salam va minkas salam va ilayka yarji’us salam, hayyina robbana bis salam va adxilna 
daroka daros salam. Tabarokta robbana va ta’alayta ya zal jalali val ikrom». (Ma’nosi: 
Ey Allohim, Sen salomsan, salom Sendandir. Salom Senga qaytuvchidir. Ey Rabbimiz 
bizni salom bilan tiriltir, hovling bo’lmish salom hovlisiga bizlarni kirit. Ey Rabbimiz, bizni 
barakotli va oliy qil. Sen ulug’ va hurmatli zotsan.) 
Fasl:
Hajarul asvadni ushlaganda va tavofning boshlanishida:
«Bismillahi vallohi akbar, Allohumma iymanan bika va tasdiyqon bi kitabika va vafa`an 
biahdika vattiba’an lisunnati nabiyyka sollallohu alayhi vasallam», deb, aytish mustahab 
amal. (Ma’nosi: Alloh nomi bilan Uni ulug’lab, Ey Rabbim, Senga iymon keltirib, 
kitobingni tasdiqlab, ahdingga vafo qilib, Payg’ambaringning sunnatiga tobe’ bo’lib 
boshlayman.) 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin