Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


(Arofatdan tushgandan keyin



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

(Arofatdan tushgandan keyin 
Mash’arul haromda Allohn i zikr qiling. U zot sizlarni ilgari adashganlardan 
bo’lsangiz-da, hidoyat qilgani kabi sizlar ham U zotni eslab zikr qiling. So’ngra 
odamlar tushgan tomondan tushinglar va Allohdan mag’firat qilishni so’ranglar, 
albatta Alloh kechiruvchi va rahmli zotdir.)
Va yana «Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban 
nar»ni aytish ko’paytiriladi. U yerda quyidagi duolarni o’qish mustahabdir: 
«Allohumma lakal hamdu kulluhu va lakal kamalu kulluhu va lakal jalalu kulluhu va lakal 
taqdiysu kulluhu, Allohummag’firliy jamiy’a ma aslaftuhu va’simniy fiyma baqiya 
varzuqniy ‘amalan solihan tarza bihi ‘anniy ya zal fazlil ‘aziym». (Ma’nosi: Ey Allohim, 
hamd, kamollik, ulug’lik, muqaddaslikning hammasi Sengadir. Ey Rabbim, oldin qilgan 
gunohlarimning barchasini kech. Qolganlarida esa, meni saqla. Meni solih amallar bilan 
rizqlantir, ey ulug’ fazl Egasi, mendan ana shular ila rozi bo’lasan.) 
«Allohumma inniy astashfi’u ilayka bixovassi ‘ibadika va atavassalu bika ilayka, as`aluka 
an tarzuqoniy javomi’al xoyri kullihi va an tamunna ‘alayya bima mananta bihi ‘ala 
avliyaika va an tusliha haliy fil axiroti vad dunya ya arhamar rohimiyn». (Ma’nosi: Ey 
Rabbim, xos bandalaring bilan Sendan shafoat so’rayman. Bu bilan Senga vasila – 
qurbat hosil qilaman. Ey Rabbim, yaxshiliklarning barchasi ila meni rizqlantirishingni va 
avliyolaringga ato qilgan narsangni menga ham berishingni, dunyoyu oxiratda holatimni 
isloh qilishingni so’rayman, ey rahm qiluvchilarni Rahmlisi.) 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
140
Fasl. Qurbonlik kuni Minoda aytilishi mustahab bo’lgan zikrlar. 
Mash’arul haromdan Minoga qaytib kelinsa, quyidagi duo o’qiladi:
«Alhamdu lillahillaziy ballag’oniyha saliman mu’afan, Allohumma hazihi Mina qod 
ataytuha va ana ‘abduka va fiy qobzotika as`aluka an tamunna ‘alayya bima mananta 
bihi ‘ala avliyaika, Allohumma inniy a’uzu bika minal hirmani val musiybati fiy diyniy ya 
arhamar rohimiyn». (Ma’nosi: Bu yerga salomatlik va ofiyatda yetkazgan Allohga hamd 
bo’lsin. Ey Rabbim, mana shu Minoga keldim, men Sening qulingman, Sening 
qabzingdaman, avliyolaringga ato qilgan narsangdan menga ham ato qilishingni 
so’rayman. Ey Rabbim, mahrumlikdan va dinimda musibat bo’lishidan Sening noming ila 
panoh tilayman, ey rahm qiluvchilarni Rahmlisi.) 
Jamratul aqabaga kelib, tosh otishga kirishsa, talbiya aytishni to’xtatadi. Takbir bilan 
mashg’ul bo’lib, har toshni otganda takbir aytadi. U yerda duo uchun vaqf qilib 
turmaydi. Agar qurbonlikka hayvoni bo’lsa, so’yadi. Hayvonni so’yayotganda:
«Bismillahi vallohu akbar. Allohumma solli ‘ala Muhammadin va ‘ala alihi vasallim, 
Allohumma minka va ilayka taqobbal minniy», deb atadi. (Ma’nosi: Alloh nomi bilan. 
Alloh ulug’dir. Yo Rabbim, Muhammadga va u zotning oilasiga salovot va salom yo’lla. 
Yo Rabbim, mana shu qurbonlik Sendandir. Uni Sen uchun so’yyapman, mendan qabul 
et.) 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin