Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
177
642/3. Tobe’inlardan Ruba’iy ibn Hiroshdan rivoyat qilinadi: «Menga Bani Omir
qabilasidan bo‘lgan bir kishi gapirib berdi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
uydaliklarida oldilariga kirishga izn so‘rab, «Kiraveraymi?» dedi.
Shunda Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam xodimlariga: «Buning oldiga chiqib, izn so‘rashni va
«Assalomu alaykum, kiraveraymi?» deyishni o‘rgat», dedilar. U kishi buni eshitib
turgan
edi. Bas, «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
unga izn berdilar, u kirdi».
Abu Dovud rivoyatlari
643/4. Kalada ibn Hanbaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning huzurlariga borib, oldilariga kirdim-da, salom bermadim. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Qaytib, boshidan «Assalomu alaykum, kiraveraymi?»
degin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Mana shu salomni izn so‘rashdan oldin keltirganimiz to‘g‘ridir. Morudiy aytishlaricha, bu
uch ko‘rinishdadir.
Birinchisi, yuqoridagi (ya’ni, avval salom, keyin izn). Ikkinchisi, izn
so‘rashni salomdan oldin qilish. Uchinchisi, ixtiyoriy, agar izn so‘rovchining ko‘zi
xonadon
sohibiga kirishdan oldin tushadigan bo‘lsa, salomni avval beradi. Agar ko‘zi tushmasa,
izn so‘rashni oldin qiladi.
Fasl:
Agar biror kishidan kirishga salom ila izn so‘ralsa yoki eshikni taqillatilsa va
ichkaridan «Kimsan?» deyilganida, «Falonchi o‘g‘li falon» yoki «Falon faloniy» yo
«Taniqli falonchi» kabi tom ma’noda tanitish lozim bo‘ladi. Ammo «men» yoki «bir bola»
yoki «xodimingiz» yoki «do‘stlaringizdan biriman» kabi so‘zlarni aytish makruhdir.
644/5. Mashhur Isro hodisasida kelgan hadisda keltirilishicha, «Rasululloh
sollallohu
alayhi vasallam: «Men Jabroil (alayhissalom) bilan dunyo osmoniga ko‘tarilganimda,
uning ochilishini talab qildilar. «Bu kim?» deyilganida, «Jabroil», dedilar. «Sen bilan
birga kim?» deyilganida, «Muhammad» (alayhissalom), dedilar. So‘ngra ikkinchi va
uchinchi va qolganlariga ko‘tarilganlarida, har bir osmonda «Bu kim?» deyildi, «Jabroil»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
645/6. Abu Musoning (r.a.) hadislarida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam «Bi’ru bo‘ston», degan joyda o‘tirganlarida, Abu Bakr (r.a.) kelib izn so‘radilar.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim?» dedilar. «Abu Bakrman» dedilar.
So‘ngra Umar (r.a.) kelib izn so‘radilar. Rasululloh «Kim?» dedilar. «Umarman», dedilar.
So‘ngra Usmon (r.a.) ham shu singari qildilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
646/7. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam huzurlariga
borib, eshiklarini taqillatdim. U zot: «Kim bu?» dedilar. «Men», deb aytdim. Shunda u
zot «men», «men», deb go‘yoki karih ko‘rgandek aytdilar».
Fasl:
Agar xitob qilingan kishi undan boshqasini bilmaydigan narsa bilan o‘zini sifatlasa,
zarari yo‘qdir. Masalan, o‘zini viqor suratida «men falon muftiy» yoki «qozi» yo «falon
shayx» va shunga o‘xshash narsalar bilan.
647/8. Ummu Hone’ Abu Tolibdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga borsam, u zot g‘usl qilayotgan ekanlar. Fotima esa to‘sib turgan