Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
20
10-bob. Kechasi uyg’onganda va uyidan chiqayotganda o’qiladigan duolar
Kechasi uyg’onganda va uyidan chiqayotganda, osmonga qarab, Oli Imron surasining
190-oyatidan to oxirigacha o’qish mus-tahab sanaladi.
52/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi uy-g’onsalar yoki uylaridan chiqsalar,
Oli Imron surasini 190-oyatidan boshlab oxirigacha o’qir edilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
53/2. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi
tursalar, tahajjud o’qir, so’ng ushbu duoni aytar edilar:
«Allohumma robbana lakal hamd, anta qoyyimus-samavati val-arzi va man fiyhinna va
lakal hamd, laka mulkus-samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, anta nurus-
samavati val-arzi va man fiyhinna va lakal hamd, antal haqq va va’dukal haqq va
liqouka haqq va qovluka haqq val-jannatu haqq van-naru haqq va Muhammadun haqq
vas-sa’atu haqq. Allohumma laka aslamtu va bika amantu va ‘alayka tavakkaltu va
ilayka anabtu va bika xosamtu va ilayka hakamtu, fag’firliy ma qoddamtu va ma axxortu
va ma asrortu va ma a’lantu. Antal muqaddim va antal muaxxir, la ilaha illa anta». Ba’zi
rivoyatlarda
«La havla va la quvvata illa billah» ziyoda qilingan. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd
bo’lsin. Sen osmonlaru yer va undagi narsalarni saqlovchisan. Senga hamd bo’lsin.
Osmonlaru yer va undagi narsalar Sening mulking. Senga hamd bo’lsin. Sen osmonlaru
yer va undagi narsalarning nurisan. Senga hamd bo’lsin. Sen haqsan, va’dang haq,
Senga yo’liqish haq, so’zing haq, jannat haq, do’zax haq, Muhammad alayhissalom haq,
qiyomat haq. Ey Rabbim, Senga bo’yin egdim, Senga iymon keltirdim, Senga tavakkal
qildim, Senga qaytuvchiman, xusumat qilish Sening qo’lingda, hukm chiqarish ham
Sening qo’lingda, oldingiyu keyingi, maxfiyu oshkora gunohlarimni mag’firat qil. Sen eng
avvalgi va eng oxirgisan. Sendan boshqa iloh yo’q.) Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Dostları ilə paylaş: