Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
birodarlarimiz: «Bismilloh to’silgan joyda yoki sahroda ham aytilaveradi», deyishadi.
Ba’zilari esa: «Avval bismilloh, so’ng «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val
xobais» aytiladi», deb aytishgan.
57/4. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
hojatxonaga kirsalar:
«Allohumma inniy a’uzu bika minar rijsin najasi al-xobiysil muxbisi ash-shaytonir
rojiym», deb o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, kir, najas, iflos, ifloslik qiluvchi,
(Allohning dargohidan) quvlangan shaytondan panoh tilayman.) Ibn Sunniy va
Tabaroniy rivoyatlari
12-bob. Hojatxonada so’zlashish va zikr qilishni man’ etish
Xoh yalanglik-sahroda bo’lsin, xoh pana joyda, hojat chiqarayotib so’zlashish va zikr
qilish makruhdir. Faqat zarurat yuzasidan ruxsat berilgan. Ba’zi birodarlarimizning
fikricha, aksa ursa, hamd aytilmaydi, aksa urib, hamd aytganga javob berilmaydi,
salomga alik olinmaydi, muazzinga ijobat qilinmaydi. Chunki bu holatida musulmon kishi
javobga mustahiq emas. Javob berishi makruh hisoblanadi. Ammo harom emas. Lekin
aksa urganida tilini qimirlatmasdan, qalbi bilan hamd aytsa, zarari yo’q. Shuningdek,
jimo’ paytida ham aytish bezarardir.
58/1. Ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bavl
qilayotganlarida bir kishi u zotga salom berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning
salomiga alik olmadilar». Imom Muslim rivoyatlari
59/2. Muhojir ibn Qunfuz (r.a.) rivoyat qilib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga borsam, u zot bavl qilayotgan ekanlar. Salom berdim, u zot tahorat
qilib bo’lgunlaricha javob bermadilar. So’ng menga uzr aytib: «Allohni nopok yoki
tahoratsiz holda zikr qilishni xushlamadim», dedilar». Abu Dovud, Nasoiy va Ibn Mojalar
sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
Dostları ilə paylaş: