Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob Shayxi (ustozi), do‘sti yoki boshqalarning sha’niga bo‘lgan g‘iybatni



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
318-bob Shayxi (ustozi), do‘sti yoki boshqalarning sha’niga bo‘lgan g‘iybatni 
eshitgan kishining qiladigan ishi haqida
Bilingki, musulmonning g‘iybatini eshitgan kishi g‘iybatdan qaytarib, so‘zlovchiga tanbeh 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
243
bermog‘i lozim bo‘ladi. Agar so‘z bilan tanbeh bera olmasa, qo‘li bilan, agar ko‘li va tili 
bilan tanbeh bera olmasa, ana shu majlisni tark etadi. Agar shayxi yoki fazl va isloh 
ahllari g‘iybat qilinsa, undan qaytarishga ko‘proq ahamiyat beradi. 
901/1. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki birodari obro‘sini himoya qilsa, Alloh taolo Qiyomat kuni yuzidan do‘zaxni daf 
qiladi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari. 
902/2. Itbondan (r.a.) rivoyat qilingan uzun hadisda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam turib namoz o‘qidilar. Va: «Molik ibn Duxshum qaerda?» dedilar. Shunda 
bir kishi: «U munofiq-ku, Alloh va Uning rasuli munofiqni yaxshi ko‘rmaydi», deganida, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unday dema, uning «La ilaha illallohu», deganiga 
qaramaysanmi? U buni aytish bilan Allohning roziligini xohlaydi», dedilar. Imom Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari. 
903/3. Hasan Basriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oiz ibn Amr Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam sahobalaridan edi. Bu zot Ubaydulloh ibn Zayyod huzuriga kirib, «Ey 
o‘g‘ilcham, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, albatta 
boshliqlarning yomoni qo‘l ostidagilarga ozor yetkazadiganidir. Sen ana shunaqa ozor 
beruvchi bo‘lishdan chetlangin», dedilar. Ubaydulloh ibn Zayyod: «Utirgin, sen 
Muhammad alayhissalomning kichik (ya’ni, elakdan o‘tkazilmagan) sahobalaridansan», 
dedi. Oiz ibn Amr esa: «Ularning kichigi bo‘lmagan. (Ya’ni, ularning hammalari sof 
bo‘lishgan), balki ulardan keyin va boshqalarda «kichigi» degan narsa paydo bo‘lgan», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
(Alloh sahobalardan rozi bo‘lsin, ularning barchalari sof edilar. Imom Husaynning qotili 
Ubaydulloh ibn Zayyoddek zolimning oldida ham haqni gapirishdan ularni hech narsa 
to‘xtata olmas edi... - tarj.) 
904/4. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Tavba haqidagi uzun hadisda 
keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda qavm orasida o‘tirganlarida: 
«Ka’b ibn Molikka nima bo‘ldi?» dedilar. Shunda Bani Salamalik bir kishi: «Ey Rasululloh
uning kiyimlari hamda ikki yoniga nazar solishi (Ya’ni, boyligiga ajablanishi) bu yerga 
kelishidan to‘sib ko‘ydi», dedi. Buni eshitgan Muoz ibn Jabal: «Aytgan narsang buncha 
ham yomon. Allohga qasamki, ey Rasululloh, biz unda faqat yaxshilik ko‘rganmiz», 
deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sukut qildilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
905/5. Jobir ibn Abdulloh va Abu Talhadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Biror kishi bir musulmon kishini hurmati ketib, obro‘si to‘kiladigan 
o‘rinda qarovsiz tashlab qo‘ysa, Alloh taolo uni ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan 
o‘rinda qarovsiz tashlab qo‘yadi. Bir kishi bir musulmon kishiga obro‘si to‘kilib, hurmati 
ketadigan o‘rinda yordam bersa, Alloh taolo unga ham yordamga muhtoj bo‘lib turgan 
joyda yordamini beradi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
906/6. Muoz ibn Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki bir mo‘min kishini munofiqdan himoya qilsa (roviy quyidagi so‘zlarni aytdilar deb 
shak qilyaptilar), Alloh taolo bir farishtani yuborib, Qiyomat kuni uning go‘shtini 
jahannam o‘tidan himoya qiladi. Kimki musulmonni bir narsa bilan ayblab, uni 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin