Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


«Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

«Ey mo‘minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron 
xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga 
musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib 
qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib 
ko‘ringlar»
, deb aytgan. Shuning uchun Iblisni tasdiqlash joiz emas. Agar haqiqatda 
kishining fasod ekanligi isbot bo‘lib va muxolafatda ekani namoyon bo‘lsa ham, yomon 
gumon qilish joiz emas. Yomon gumonning alomatlaridan biri undagi narsaga qalbning 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
245
o‘zgarmoqligidir. Bas, sen undan nafratlanib, noma’qul hisoblab, e’tiboring uni hurmat 
qilishga susayib, uning yomonliklaridan xafa bo‘lasan. Chunki shayton kishidagi 
yomonliklarda ozgina tasavvur bilan ham yaqinlashib oladi. Va o‘sha kishini «Bu sening 
sezgirliging, zakiyliging va fahming o‘tkirligidandir», deb avraydi. Albatta mo‘min Alloh 
nuri bilan qaraydi. U gumon qiluvchi esa shayton g‘ururi va zulmati ila nutq qiladi. Agar 
senga bir odil kishi xabar bersa ham, uni tasdiq ham etma, yolg‘onga ham chiqarma. 
Shunda sen ikki tomonga ham gumon ila yomonlik qilmaysan. Senda musulmon kishi 
haqida yomon fikr kelsa ham, sen uning rioyasini qil va uni hurmatlashni ziyodalashtir. 
Chunki shayton bundan g‘azablanadi va sendan o‘zini tortib, o‘sha birodaringga duo ila 
mashg‘ulligingdan ko‘rqadi va senga vasvasa qilmaydi. Agar bir musulmonda shak-
shubhasiz hujjat bilan bo‘lgan xatoni ko‘rsang ham, sir tutgan holatda nasihat qil. Seni 
shayton aldab, uni g‘iybat qilishga chorlamasin. Agar unga va’z-nasihat qiladigan 
bo‘lsang, uning xato-gunohidan xabardor bo‘lganing sababli xursand holda nasihat 
qilma. Chunki u o‘sha paytda senga o‘zingni ulug‘lash ko‘zi bilan qaraydi. Sen esa 
pastlash ila unga qaraysan. Lekin uni gunohdan xalos etishda xuddi o‘zingga noqislik 
yetganda xafa bo‘lganing kabi xafa bo‘lishni qasd qil. Ana shu paytda unga nasihat 
qilmasdan noqisligini tark qilmog‘ing nasihat bilan tark qilganingdan yaxshidir. 
Imom Navaviyning fikrlaricha, agar kishining fikriga yomon gumon kelib qolib, shar’iy 
manfaat fikrlashga chorlamasa, uni to‘xtatmog‘i lozim bo‘ladi. Agar bunga chorlasa, 
masalan, roviylarni jarohatlash (ya’ni, hadis rivoyat qiluvchilarning kamchilik va 
fazilatlarini aytish) kabi hamda bundan boshqa narsalarda, ya’ni yuqoridagi bobda zikr 
qilganlarimizdagidek, g‘iybat muboh bo‘lgan narsalarda bo‘lsa joiz. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin