Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
262
omonda bo‘lishni o‘rgatuvchi kishiga yoxud uning sabablarini tanituvchiga yoki uni duo 
qiluvchi kimsaga qilgan gunohining xabarini berishining zarari yo‘q. Endi bunday 
manfaatlar bo‘lmasa, ana o‘sha karih ko‘rilgan. 
963/30. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Ummatimdan har biri avf qilingandir. Faqat mujohirlar (oshkora qiluvchilar) bunday 
emas. Mujohir shunday bir kishiki, u kechasida bir amalni qiladi-da, so‘ngra tong 
ottiradi. Alloh esa uning gunohini berkitgan edi. Bas, u: «Ey falonchi, unday va bunday 
qildim», deydi. Vaholanki, Rabbisi uni berkitgan edi. U esa Allohning yopib ko‘ygan 
pardasini ochib yuboradi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
Balog‘atga yetgan mukallafning biror kishining quli yoki xotini yo o‘g‘li yoxud dastyoriga 
amru ma’ruf yoki nahiy munkar bo‘lmasdan, balki fasod so‘zlar ila gaplashmog‘i 
haromdir. Bu haqda Alloh taolo: 
«Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilingiz, 
gunoh va haddan oshish yo‘lida hamkorlik qilmangiz»
, deb aytgan (Moida surasi 
2-oyat). 
Alloh taolo Qof surasining 18-oyatida: 
«U biron so‘zni talaffuz qilmas, magar 
(talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo‘lgan bir kuzatuvchi (farishta u 
so‘zni yozib olur)»
, degan. 
964/31. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki biror kishining xotinini yoki qulini (buzg‘unchilik niyatida) aldasa, bizdan emas», 
deb aytganlar. Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati. 
Fasl:
Allohning toatida «molimni infoq qildim» yoki shu kabi so‘zlarni aytmoq joiz. 
Masalan, hajga borib-kelishimga ming (dinor), g‘azotda qatnashishimga ikki ming 
(dinor), mehmonlarning ziyofatiga uncha, bolalarim xatnasiga muncha, nikohimga bir 
qancha infoq qildim, deydi. Lekin aksari avomga o‘xshab, ziyofatimda zarar ko‘rdim, 
hajimda (uncha) yo‘qotdim, safarimda (bunchadan) mahrum bo‘ldim kabi so‘zlarni 
aytmaydi. Zarar ko‘rdim, yo‘qotdim, mahrum bo‘ldim kabi so‘zlar gunoh va makruh 
amallarda ishlatiladi. Infoq qildim so‘zi esa toat yo‘lida ishlatiladi. 
Fasl:
Allohning zoti ila jannatdan boshqa narsani so‘ramoqning makruhligi: 
965/32. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Jannatdan boshqa narsani Allohning zoti ila so‘ralmaydi», dedilar. Abu Dovud rivoyat 
qildilar. 
Fasl:
Allohning nomi ila so‘raganni va Alloh nomi ila shafoat talab qilganni man 
qilishning makruhligi: 
966/33. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kimki Allohning nomi bilan panoh tilasa, unga panoh beringlar. Kimki Alloh nomi ila 
so‘rasa, unga beringlar. Kimki chaqirsa, ijobat qilinglar. Kimki sizlarga biror yaxshilik 
qilsa, uni mukofotlab ko‘yinglar. Agar mukofotlaydigan narsa topa olmasanglar, uning 
haqqiga duo qilib qo‘yinglar. Hattoki, sizlar mukofotlaganingizni unda ko‘rasizlar», 
dedilar. Abu Dovud va Nasaiy sahih isnod ila rivoyat qilishgan. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin