www.ziyouz.com kutubxonasi
282
xiyonati fainnaho bi'satil bitonatu», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening noming ila
ochlikdan panoh tilayman. Chunki u yomon yotoqdoshdir. Va xiyonatdan panoh
tilayman. Chunki u yomon ichki tuyg‘udir.) Abu Dovud va Nasaiylar rivoyati.
1021/28. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir qul ozod bo‘lish uchun shartlashilgan bahodagi
mablag‘ni topolmay, Hazrati Alidan (r.a.) yordam so‘radi. Shunda u zot: «Senga
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rgatgan kalimalarni o‘rgataymi?» Agar
«Allohumma akfiniy bihalalika ‘an haromika va ag‘niniy bifazlika ‘amman sivaka» duosini
o‘qib yursang, qarzing «sir» tog‘icha bo‘lsa ham, xalos bo‘lasan», dedilar. (Ma’nosi: Ey
Rabbim, harom (aralashtirmay) haloling bilan menga kifoya et. Fazling ila Uzingdan
boshqalardan behojat qil.) Imom Termiziy rivoyatlari.
1022/29. Imron ibn Hasindan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
bu zotning otalari Hasinga duo qilib yurishlari uchun ikki kalima o‘rgatdilar. U
«Allohumma alhimniy rushdiy va a’izniy min sharri nafsiy» edi. (Ma’nosi: Allohim, meni
hidoyatga muvofiq qilib, nafsimning yomonligidan menga panoh bergin.) Imom Termiziy
rivoyatlari.
1023/30. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy a’uzu bika minash shiqoqi van nifaqi va suv'il axloqi», deb aytardilar.
(Ma’nosi: Allohim, buzg‘unlikdan, nifoqdan va yomon axloqdan Sening noming ila panoh
tilayman.) Termiziy zaif isnod bilan rivoyat qilinganlar.
1024/31. Shahr ibn Huvshabdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Ummu Salamaga (r.a.)
«Ey mo‘minlar onasi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sizning huzuringizda
bo‘lganlarida eng ko‘p qiladigan duolari qaysi edi?» deganlarida, Ummu Salama (r.a.):
«Ko‘p duolari
«Ya muqallibal qulub sabbit qolbiy ‘ala diynik» edi», dedilar. (Ma’nosi: Ey qalblarni
o‘zgartiruvchi, qalbimni diningda sobit qil.) Imom Termiziy rivoyatlari.
1025/32. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma ‘ofiniy fiy jasadiy va ‘ofiniy fiy basoriy vaj’alhul vorisa minniy. La ilaha illa
antal haliymul karim. Subhanallohi robbil ‘arshil ‘azim. Valhamdu lillahi robbil ‘olamiyn»,
deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, jasadimni ofiyatda qil. Ko‘zimni ofiyatda qilib, uni
mendan merosxo‘r et (ya’ni, o‘lgunimcha omonda qil). Halim va Karim sifatli zotdan
boshqa iloh yo‘q. Ulug‘ arsh Rabbisi bo‘lgan Allohni poklab yod eturman. Olamlar Rabbisi
Allohga hamd bo‘lsin.) Termiziy rivoyati.
1026/33. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Dovudning duolari
«Allohumma inniy as'aluka hubbaka va hubba man yuhibbuka val ‘amalallaziy
yuballig‘uniy hubbaka. Allohumma ij’al hubbaka ahabba ilayya min nafsiy va ahliy va
minal ma'il baridi», edi», deb aytdilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening muhabbatingni va Seni
yaxshi ko‘rgan kishining muhabbatini hamda Sening muhabbatingga yetkazadigan