Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
286
xohlaganini qilsa ham hokisorlikni izhor qilib turishdir, deganlar. 
Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida duo odoblari o‘ntadir, dedilar. 
Birinchisi: arafa kuni, ramazon oyi, juma kuni, kecha oxirining uchdan biri, sahar vaqti 
kabi sharafli paytlarni (duo qilish uchun) kutmoq. 
Ikkinchisi: sajda holati, ikki tomon askarlari yo‘liqqanda, yomg‘ir yog‘ayotganda, namoz 
qoim qilinganda va namozdan keyin kabi sharafli holatlarni duo qilish g‘animat bilish. 
Imom Navaviy: «qalb yumshaganda ham», dedilar. 
Uchinchisi: qiblaga yuzlanish, ikki ko‘lni ko‘tarish va ikkisini duoning oxirida yuziga 
surish. 
To‘rtinchisi: maxfiy va jahriy orasida ovozni pastlatish. 
Beshinchisi: duoni qofiya bilan qilmaslik. Uni duodagi haddan oshish, deb tafsir 
qilishgan. Eng yaxshisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ma’sur bo‘lgan duolar 
bilan kifoyalanishlikdir. Kimki duoni yaxshi qilsa, bas, uning haddan oshish xavfi bor. 
Ba’zilar xo‘rlik va ehtiyojmandlik tili bilan duo qil, fasohat va erkinlik bilan duo qilma
deyishgan. Albatta ulamo va abdollar (chiltanlar) duoni yetti kalimadan oshirishmaydi. 
Bu haqda Alloh taoloning Uzi Baqara surasining 286-oyati oxirigacha o‘sha (ettitasi 
bilan) guvohlik beradi: 
«Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, 
bizni azobingga giriftor aylama......
Alloh taolo biror o‘rinda bandalari bundan ko‘p 
duo qilganlarining 
xabarini bermagan. 
Ammo Imom Navaviyning fikrlaricha, yetti kalimadan ziyoda qilishning karohiyati yo‘q. 
Balki mutlaq holda duoni ko‘paytirish mustahabdir. Masalan, Ibrohim surasining 35-
oyatida 
«Ibrohim aytgan edi: «Parvardigorim, bu shaharni (ya’ni, Makkani) 
tinch shahar qilgin»,
deb aytgan (ya’ni, yetti kalimadan ziyoda qilgan.) 
Oltinchisi: xuzu’, tazarru’ va qo‘rqish. Alloh taolo bu haqda: 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin