Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
288
hech qanday yo‘l yo‘q»
(Tavba surasi, 91-oyat), deb aytganingni eshitdik va
haqiqatda yomonlik bo‘lishiga iqror bo‘ldik. Sening mag‘firating bizga o‘xshagan
(gunohkor)larga-da? Allohim, gunohlarimizni mag‘firat qilib, rahm etib, bizni (suv ila)
siylagin», deb qo‘llarini ko‘tardilar. Va hozir bo‘lganlar ham ko‘llarini ko‘tarishdi, bas, suv
ila siylanishdi. Va quyidagi baytni aytishdi:
Men xato qilg‘uvchiman, avf esa vose’,
Gar gunoh yo‘q ekan, bo‘lg‘aymi avf voqe’?»
340-bob Duoda ikki qo‘lni ko‘tarish, so‘ngra yuzga surtish haqida
1038/1. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
agar duoda qo‘llarini ko‘tarsalar, hatto ikki qo‘llarini yuzlariga surtmagunlaricha
tushirmasdilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
1039/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
yuqoridagiga o‘xshashni aytdilar. Abu Dovud rivoyatlari.
Har ikki rivoyatning ham isnodida zaiflik bor. Ammo Hofiz Abdulhaq keltirishlaricha,
Termiziy: «Avvalgi hadis sahihdir», deb aytgan so‘zlarini Termiziydan e’timod bo‘lgan
nusxalarda topmadik. Balki g‘arib hadis, deb aytganlarini topdik.
341-bob Duoni takrorlab aytishning mahbubligi to‘g‘risida
1040/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Uch marta duo qilish, uch marta istig‘for
aytish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni qiziqtirar edi. Abu Dovud rivoyatlari.
342-bob Duoda qalbni jamlashga undash haqida
Bilingki, yuqorida zikr qilganimizdek, duodan maqsad qalbni jamlashlikdir. Bunga dalillar
ko‘p. Zikr qilmasak ham, bilinarli. Lekin tabarruk bo‘lishi uchun hadisdan keltiramiz.
1041/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohdan ijobat qilishiga ishongan holda Unga duo qilinglar. Bilinglarki, albatta Alloh
taolo bee’tibor, g‘ofil qalbdan bo‘lgan duoni qabul qilmaydi», dedilar. Termiziy
rivoyatlari, isnodida zaiflik bordir.
Dostları ilə paylaş: