349-bob Kunduzidan kechasigacha jim, sukut qilib yurishdan qaytarish haqida
1060/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
«Balog‘atga yetgandan keyin yetimlik yo‘q. Kunduzidan kechasigacha jim, sukut qilib
yurish yo‘q», deb aytganlarini eshitdim». Abu Dovud rivoyatlari
.
Imom Abu Sulaymon Xattobiy Ma’olus «Sunan» nomli kitoblarida bu hadisni quyidagicha
sharhladilar: «Jim yurish johiliyat ahlining amallaridan edi. Ulardan biri bir kecha va
kunduz e’tikof o‘ltirardi-da, hech narsa gapirmay, sukut qilardi. Islom kelgandan keyin
bundan qaytarildi va hadis hamda yaxshiliklarni zikr etishga buyurildi».
1061/2. Qays ibn Abu Xrzimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Ahmaslik
Zaynab ismli ayolning oldiga kirdilar. Uning gapirmayotganini ko‘rdilar. Va unga: «Nima
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
294
uchun gapirmayapsan?» dedilar. Atrofidagilar: «Xaj qilgan, gapirmaydi», deb aytishdi.
Shunda Abu Bakr unga: «Gapirgin, bu (ishing) halol bo‘lmaydi. Va bu johiliyat
amallaridandir», deganlarida, u xotin gapirdi. Imom Buxoriy rivoyatlari
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar
Fasl:
Inshaalloh, kitobning yaxshi narsalar bilan tugashini istab, quyidagi hadislarni
unga qo‘shdim. Bu ko‘shgan hadislarim Islomning asosi va o‘zagidir. Ulamolar bu haqda
ko‘p ixtilof qilishgan. Ularning so‘zlaridan tug‘ilgan narsani o‘zim qo‘shgan narsa bilan
jamlaganda o‘ttizta hadis bo‘ldi.
1062. Birinchi hadis. Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir.
Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo‘lsa, bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi.
Kimning
hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun bo‘lsa, uning hijrati o‘sha narsaga
bo‘libdi».
1063. Ikkinchi hadis. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kimki bizning ishimizda yangilik qilsa, bu undan bo‘lmasa, bas, u rad
qilingandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1064. Uchinchi hadis. Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Albatta halol ochiq-ravshan. Albatta harom ochiq-ravshan. Uning
o‘rtasida shubhali narsalar bo‘lib, uni ko‘p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo
qilsa, dini va obro‘sini soflabdi. Kimki shubhaga voqe’ bo‘lsa, haromga yo‘liqibdi. Rioya
qiluvchi qo‘riqxona atrofiga borib, uning ichiga kirib qolishi mumkin. Har bir podshohning
qo‘riqxonasi bor. Ogoh bo‘ling, Allohning qo‘riqxonasi U harom qilgan narsalardir. Ogoh
bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u isloh bo‘lsa, jasadning barchasi isloh
bo‘ladi. Agar u fasod bo‘lsa, jasadning barchasi fasod bo‘ladi. U ham bo‘lsa qalbdir»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari
1065. To‘rtinchi hadis. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Sizlardan biringiz onasi qornida ekanida qirq kun maniy holatida xalq qilinishi
jamlanadi. So‘ngra quyuq qon bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra parcha
go‘sht bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra farishta yuborilib, unga ruh
puflaydi. Va to‘rt kalima, ya’ni rizqi, ajali, amali, baxtli yoki baxtsizligini yozish
buyuriladi. Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zot ila qasamki, sizlardan biringiz jannat
ahlining amalini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir gaz (o‘lchov) qoladi. Bas, uning
o‘sha yozilgan kitobi ilgarilaydi-da, u do‘zax ahlining amalini qilib, do‘zaxga kirib ketadi.
Sizlardan biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi-da, hattoki u bilan do‘zax orasida bir gaz
qoladi. Bas, uning kitobi ilgarilaydi-da, u jannat ahli amalini qilib, jannatga kirib ketadi»,
dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1066. Beshinchi hadis. Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Shubhali narsani shubhasiziga qo‘y», dedilar. (Ya’ni, shubhali narsani
tark qilib, shubhasiz narsani ol.) Termiziy va Nasaiy rivoyatlari.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: |