www.ziyouz.com kutubxonasi
4
mashhur bo’lmagan sahobiyning nomi kelsa, bilmaganlarni ogoh etish uchun falon
sahobiydan, deb aytdim.
Bu kitobni yozishda Islom asosi bo’lmish beshta mashhur asar – «Sahihul Buxoriy»,
«Sahihul Muslim, «Sunani Abu Dovud», «Sunani Termiziy», «Sunani Nasoiy» kitoblariga
suyandim. Juda oz o’rinlarda boshqa taniqli asarlardan foydalandim. Asosan sahih
hadislarni keltirdim. Zaiflarini zikr qilishdan saqlandim. Ba’zi o’rinlarda zikr qilgan
bo’lsam ham, zaifligini bayon etdim. Shuning uchun bu kitobning ishonchli manbalardan
bo’lishiga umid qilaman.
Allohdan bu ishlarning muvaffaqiyatli bo’lishini, inobatga olishini, yordam berishini,
hidoyatga boshlashini, o’zi saqlashini so’rayman. Yana har turli mukarram ishlarda
bardavom bo’lishni va men bilan do’stlarimni karamli hovlida jam qilishini so’rab
qolaman.
Menga Alloh kifoyadir. Va U juda ham yaxshi vakil. O’zgartirish va quvvat faqat hakim
va aziz bo’lgan Allohnikidir. Alloh nimani xohlasa, o’sha bo’ladi. Allohdan boshqada
quvvat yo’q. Allohga tavakkal qildim. Uni mahkam tutdim. Undangina yordam so’radim.
Ishimni Unga topshirdim.
Allohdan nafsimning, ota-onamning, birodarlarimning va jamiki musulmonlarning
dunyoyu oxirat ishlarida bergan ne’matlarini saqlashini so’rab qolaman. Agar Allohdan
biror narsaning saqlanishini so’rasangiz, albatta, U saqlaydi. U eng yaxshi saqlovchidir.
Fasl: Xoh maxfiy, xoh zohiriy bo’lsin, barcha amallarda niyatni chiroyli qilish hamda
ixlosli bo’lish
Alloh taolo Bayyina surasining 5-oyatida aytadi:
«Holbuki, ular faqat yagona Allohga, U zot uchun dinni xolis qilgan, To’g’ri yo’ldan og’magan hollarida ibodat qilishga buyurilgan edilar» . Haj surasining 37-
oyatida esa bunday deydi:
«Allohga (qilgan qurbonliklaringizning) go’shtlari ham, qonlari ham yetmas,