Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44
Ibrohim alayhissalomni olamlarda barakotli qilganingdek. Albatta Sen maqtovga loyiq 
ulug’ zotsan.)
 
46-bob. Oxirgi tashahhuddan keyin o’qiladigan duo
Tashahhuddan keyin duo qilish hech bir ixtilofsiz joiz ishdir. 
141/1. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qiladilar: Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga tashahhudni o’rgatib, undan keyin 
xohlagan duoni o’qishni aytdilar», deydilar. Imom Muslim rivoyatlarida: «U zot xohlagan 
narsalarini so’rardilar», deb aytilgan.
142/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Agar birortangiz oxirgi tashahhudni o’qib bo’lsa, to’rtta narsadan panoh so’rasin: 
jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va o’lim fitnasidan, Masiyh Dajjolning 
yomonligidan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari 
Imom Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Agar birortangiz tashahhudda bo’lsa, to’rt 
narsadan panoh tilab aytsin:
«Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabi jahannama va min ‘azabil qobri va min fitnatil 
mahya val mamat va min sharri fitnatil masiyhid dajjal». 
143/3. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda 
quyidagicha duo qilar edilar:
«Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va a’uzu bika min fitnatil masiyhid dajjal 
va a’uzu bika min fitnatil mahya val mamat. Allohumma inniy a’uzu bika minal ma`sami 
val mag’rom». (Ma’nosi: Allohim, qabr azobidan, Masih Dajjolning fitnasidan, tiriklik va 
o’lim fitnasidan, gunohkor va qarzdor bo’lishdan panoh tilayman.) Buxoriy va Muslim 
rivoyatlari 
144/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga 
tursalar, tashahhud bilan salomning orasida (ya’ni, salovotdan keyin):
«Allohummag’firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu va ma 
asroftu va ma anta a’lamu bihi minniy, antal muqoddim va antal muaxxir, la ilaha illa 
anta»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, oldingiyu keyingi, oshkorayu maxfiy va 
isrofgarchilik bilan qilgan gunohlarimni va mendagi o’zing bilgan gunohlarimni kechir. 
Albatta, Sen avvalgi va oxirgidirsan, Sendan boshqa iloh yo’q.) Muslim rivoyatlari 
145/5. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U zot 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozda o’qib yurishlari uchun bir duo 
o’rgatishlarini so’radilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrga:
«Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va la yag’firuz zunuba illa anta 
fag’firliy mag’firatan min ‘indika varhamniy innaka antal g’ofurur rohiym», deb ayting», 
dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men nafsimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqa 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin