Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Namozdan keyingi zikrlar



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
49-bob. Namozdan keyingi zikrlar
148/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalomdan: «Qaysi duo 
yaxshi eshitiladi?» deb so’rashdi, u zot: «Kechaning oxirgi qismi va farz namozlari 
so’ngida qilingan duo», deb javob berdilar. Imom Termiziy rivoyatlari 
149/2. «Sahihayn»da keltirilgan hadisda Ibn Abbos (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam namozlarini takbir bilan tugatganlarini bilaman», deb xabar berganlar. U zot 
boshqa bir rivoyatda yana aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida 
odamlar farz namozidan qaytayotib, ovozlarini baland qilib, takbir aytishar edi». Buxoriy 
va Muslim rivoyatlari 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
46
150/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni 
tugatsalar, uch marta «Astag’firulloh», deb so’ngra:
«Allohumma antas salam va minkas salam, tabarokta ya zal jalali val ikrom», deb aytar 
edilar. (Ma’nosi: Ey Allohim, Sen salomsan va salom Sendandir. Ey ulug’ va hurmatli 
zot, Sen barakotlisan.) Muslim rivoyatlari 
151/4. Mug’iyra ibn Sho’’ba (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
namozdan forig’ bo’lsalar: 
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala 
kulli shay`in qumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima mana’ta va la yanfa’u zal 
jaddi minkal jadd»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: «Allohdan o’zga iloh yo’q, Uning sherigi ham 
yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga qodirdir. Ey Rabbim, Sen 
bergan narsani ma’n qiluvchi yo’q. Va Sen ma’n qilgan narsani beruvchi yo’q. Buyuklik 
Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
152/5. Abdulloh ibn Zubayr (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har namoz 
ketidan tahlil aytar edilar», deydilar. O’zlari ham har namoz ketidan:
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli 
shay`in qodiyr. La havla va la quvvata illa billah, la ilaha illallohu va la na’budu illa 
iyyah, lahun ni’matu val fazlu va lahus sanaul hasan, la ilaha illallohu muxlisiyna lahud 
diyna va lav karihal kafirun», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Yakka Allohdan boshqa iloh 
yo’q. Uning sherigi ham yo’q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har bir ishga 
qodirdir. Allohdan boshqada o’zgartirish va quvvat yo’q. Allohdan boshqa iloh yo’q. 
Ungagina ibodat qilamiz. Ne’mat, fazl, chiroyli sano U uchundir. Allohdan boshqa iloh 
yo’q. U uchun din xolis qilinadi, garchi kofirlar karih ko’rsalar ham.) Muslim rivoyatlari 
153/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
huzurlariga kambag’al muhojirlar kelib: «Badavlat kishilar oliy darajalarga ko’tarilib, 
ne’matda bizdan o’zib ketishdi. Ular biz namoz o’qigandek namoz o’qiydilar, biz ro’za 
tutgandek ro’za tutadilar, shularning ustiga, mollarini sarflab, haj, umra, sadaqa hamda 
jihod qiladilar», deb aytishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga bir 
narsa o’rgataymi? U bilan sizlardan o’zib ketganlarga yetib olasiz va keyingilardan o’zib 
ketasizlar, biror kishi sizlardan afzal bo’lolmaydi. Faqat sizlar qilgan amalni qilsa, afzal 
bo’ladi», dedilar. Sahobalar: «O’rgating, ey Rasululloh», deyishdi. Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam: «Har bir namozning ortidan o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu 
lillah, Allohu akbar», deb aytinglar», deb buyurdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
154/7. Ka’b ibn Ujradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim har bir farz namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, 
Allohu akbar», tasbihlarini aytsa kambag’al bo’lmaydi», dedilar. Muslim rivoyatlari 
155/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Kim har bir 
namoz so’ngida o’ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deb 
yuzinchisini
«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin