Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
47
shay`in qodiyr», deb aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham, kechiriladi», dedilar. 
Muslim rivoyatlari 
156/9. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam har namoz so’ngida ushbu kalimalarni aytib, panoh tilar edilar:
«Allohumma inniy a’uzu bika minal jubni va a’uzu bika an arudda ila arzalil ‘umuri va 
a’uzu bika min fitnatid dunya va a’uzu bika min ‘azabil qobr». (Ma’nosi: Ey Rabbim, 
qo’rqoqlikdan, umrning zoe’ bo’lishidan, dunyo fitnasidan va qabr azobidan panoh 
berishingni tilayman.) Buxoriy rivoyatlari 
157/10. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ikki xislat bor. Qaysi bir musulmon 
banda uni doim bajarib yursa, jannatga kiradi, -- dedilar Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam. – Ular yengil, ammo amal qiladiganlar oz. Birinchisi, har bir namoz so’ngida 
o’n martadan «subhanalloh, alhamdu lillah, Allohu akbar», deyish. Bu bir kunda tilda 
150 ta, mezonda bo’lsa, 1500 tadir. Ikkinchisi, to’shakka kirganda, uxlashdan oldin o’ttiz 
uch martadan «subhanalloh, alhamdu lillah» va o’ttiz to’rt marta «Allohu akbar», desa, 
tilida 100 ta, mezonda esa, 1000 ta bo’ladi». Rasululloh buni qo’llari bilan ta’kidladilar. 
Sahobalar: «Ey Rasululloh, nima uchun yengil bo’lsa ham, uni bajaradiganlar oz?» deb 
so’rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi uxlashni xohlagan paytda 
shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishdan oldin uxlatib qo’yadi. Namoz o’qib 
bo’lganidan keyin ham shayton kelib, mana shu kalimalarni aytishidan oldin unga bir 
zarur ishni eslatadi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari 
158/11. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga 
ikki «Qul a’uzu»ni har namoz so’ngida o’qishni buyurdilar». Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy 
rivoyatlari 
Abu Dovudning rivoyatlarida: «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq», «Qul 
a’uzu birobbinnas»ni o’qish lozim, deyilgan. 
159/12. Muoz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening 
qo’llarimdan ushlab: «Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko’raman va senga 
har namoz so’ngida
«Allohumma a’inniy ‘ala zikrika va shukrika va husni ‘ibadatik»ni aytishni tavsiya 
qilaman», dedilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, Seni zikr etishda, Senga shukr qilishda va 
ibodatingni go’zal bajarishda menga yordam ber.) Abu Dovud va Nasoiy rivoyatlari 
160/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozlarini 
tamomlasalar, o’ng qo’llarini peshonalariga surtib: 
«Ashhadu alla ilaha illallohur rohmanur rohiym. Allohummazhib ‘annil hamma val 
hazan», deb aytardilar. (Ma’nosi: Rahmon va rahiym sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q, 
deb guvohlik beraman. Ey Rabbim, mendan g’am va xafachiliklarni ketkaz.) Ibn Sunniy 
rivoyatlari 
161/14. Abu Umoma (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga biror farz 
yoki nafl namoz so’ngida yaqinlashsam, u zotning: 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin