Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
 
51-bob. Tong va kechqurunda o’qiladigan duolar
Bu bob juda kengdir. Bu kitobda undan katta bob yo’q. Men, inshaalloh, jumlalarni 
muxtasar qilaman. Kim aytilganlarning hammasiga amal qilishga muvaffaq bo’lsa, Alloh 
tomonidan unga fazldir. Kim hammasini jamlab aytishga ojiz bo’lsa, xohlagan bitta zikrni 
aytsin. 
Bu bobning asli Qur’oni karimdadir:
 
«Quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamd aytish 
bilan (U zotni) poklang»
(Toha, 130-oyat);
«Tunu kun Rabbingizga hamd aytish bilan (Uni) poklang» 
(G‘ofir, 55-oyat);
«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo’rqib, dildan ertayu kech yod qiling 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
50
va g’ofil kimsalardan bo’lmang!»
(A’rof, 205-oyat); 
«Ertayu kech Parvardigorlarining yuzini istab Unga iltijo qiladigan zotlarni 
(huzuringizdan) haydamang!»
(An’om, 52-oyat);
«U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni 
tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohni zikr qilishdan mashg’ul qila olmas»
(Nur, 36-
oyat). 
170/1. Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim sayyidul istig’for –
«Allohumma anta robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana ‘abduka va ana ‘ala ‘ahdika 
va va’dika mastato’tu a’uzu bika min sharri ma sona’tu, abu`u laka bini’matika ‘alayya 
va abu`u bizambiy fag’firliy fainnahu la yag’firuz zunuba illa anta»ni kechki payt aytib
tong otgunicha vafot etsa, jannatga kiradi. Kim tongda aytib, shu kuni vafot etsa, unda 
ham jannatga kiradi», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen parvardigorimsan, Sendan boshqa 
iloh yo’q. Meni xalq qilding va men Sening qulingman. Men Senga bergan va’damda va 
Senga bergan ahdimda qodir bo’lganimcha turibman. Qilgan narsalarimning yomonidan 
Sening noming bilan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne’matlaringga iqror bo’ldim. Va 
yana gunohlarimga ham iqror bo’ldim. Mening gunohlarimni kechir. Chunki Sendan 
boshqasi gunohlarni kechira olmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari 
171/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Kim ertalab yoki kechqurun:
«Subhanallohi va bihamdihi», (Allohga hamd aytish bilan Uni aybu nuqsonlardan poklab 
yod etaman), deb yuz marta aytsa, qiyomat kuni biror kishi undan afzal bo’lmaydi. 
Faqat ana shu kishi aytganidek yoki undan oshirib aytsagina, bo’lishi mumkin», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari 
Abu Dovudning rivoyatlarida: 
«Subhanallohil ‘aziym va bihamdihi», deb kelgan. 
172/3. Abdulloh ibn Hubayb (r.a.) aytadilar: «Biz zulmatli yomg’irli kechada Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam namoz o’qib berishlari uchun u zotni axtarib ko’chaga chiqdik. 
U zotni topganimizda, «Ayt», dedilar. Men hech bir narsa ayta olmadim. So’ngra yana: 
«Ayt», dedilar. Men hech narsa yta olmadim. So’ngra yana: «Ayt», dedilar. Men: «Ey 
Rasululloh, nimani aytaman?» dedim. Shunda Rasululloh: «Qul huvallohu ahad», «Qul 
a’uzu birobbil falaq», «Qul a’uzu birobbinnas» suralarini kechki payt va ertalab uch 
martadan aytsang, senga har bir narsada kifoya qiladi», dedilar». Abu Dovud, Termiziy
Nasoiylar rivoyati 
173/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tong 
otganida:
«Allohumma bika asbahna va bika amsayna va bika nahya va bika namutu va ilaykan 
nushur» (Allohim, Sening noming ila tong ottirdik, Sening noming ila kech kirgizdik. 
Sening noming ila tirilamiz va Sening noming ila o’lamiz. Va Senga qaytajakmiz), der 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin