Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
91
Imom Muslim rivoyatlarida bunday deyiladi: «Anas (r.a.) duo qilsalar, ana shu duo bilan
boshlar edilar. Agar boshqa duoni o’qisalar, unga o’sha duoni qo’shardilar».
310/5. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar menga
biror qiyinchilik yoki xafachilik yetsa, quyidagi kalimalarni aytishni buyurdilar:
«La ilaha illallohu karimul ‘aziym. Subhanahu tabarokallohu robbul ‘arshil ‘aziym.
Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn». (Ma’nosi: Ulug’ va karim sifatli Allohdan boshqa iloh
yo’q. Ulug’ arsh rabbi Alloh barakotli va pokdir. Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin.)
Nasoiy va Ibn Sunniy rivoyatlari
311/6. Abu Bakradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qiyinchilik paytlarida:
«Allohumma rohmataka arju fala takilniy ila nafsiy torfata ‘aynin va aslih liy sha`niy
kullahu la ilaha illa anta» duosini o’qirdilar. (Ma’nosi: Allohim, rahmatingni umid
qilaman. Meni o’z holimga bir lahza ham topshirib qo’yma va ishlarimning hammasini
isloh qil. Sendan boshqa iloh yo’q.) Abu Dovud rivoyatlari
312/7. Asmo binti Umays (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
menga: «Qiyinchilik paytlarida aytiladigan kalimalarni senga o’rgataymi?
«Allohu Allohu robbiy, la ushriku bihi shay`a», deb ayt», dedilar». (Ma’nosi: Alloh,
rabbim Alloh. Unga biror narsani sherik qilmayman.) Abu Dovud, Ibn Moja rivoyatlari
313/8. Abu Qatodadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim
xafalik paytida Oyatul kursiy va Baqara surasining oxirgi oyatlarini o’qisa, Alloh taolo
unga yordam beradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
314/9. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Men bir kalimani bilaman, uni mahzunlikka tushib qolgan kishi aytsa, najot
topadi. U kalima birodarim Yunus alayhissalom (baliqning qorniga tushib qolganlaridan
keyin) zulmatlarda turib:
«La ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz zolimiyn» (Anbiyo surasi, 87-oyat),
deya qilgan duolaridir», dedilar. (Ma’nosi:
Dostları ilə paylaş: