Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Mayyitning o’limini do’stlari va qarindoshlariga bildirish joizligi va



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
118-bob. Mayyitning o’limini do’stlari va qarindoshlariga bildirish joizligi va 
jarchilarni yuborib, o’lim xabarini yetkazish karohiyati
405/1. Huzayfa (r.a.): «Agar vafot etsam, o’limim xabarini jarchilar orqali ayttirib, men 
tufayli biror kishiga ozor bermanglar. Chunki men Rasulullohning jarchilar orqali o’lim 
xabari berilishidan qaytarganlarini eshitganman», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar 
rivoyati. 
406/2. Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «O’lim xabarini jarchilar vositasida aytishdan saqlaninglar. Chunki u johiliyat 
amallaridandir», dedilar. Termiziy rivoyatlari 
407/3. Imom Buxoriy va Imom Muslimning «Sahih»larida aytiladi: «Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam Najoshiy o’limi xabarini sahobalarga xabar qildilar». 
Buxoriy va Muslimning boshqa rivoyatlarida: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
kechasi hech kimga bildirmasdan ko’milgan mayyit haqida eshitib: «Nega menga 
aytmadinglar!» dedilar», deyiladi. 
Ba’zi ulamolar mana shu ikkita hadisni mayyitning o’limi xabarini do’stlariga, qarindosh-
urug’lariga yetkazish joiz ekaniga dalil qilishgan. Man’ qilingan o’lim xabari esa, johiliyat 
davridagidek bir ulug’ kishi vafot etsa, qabilalarga otliqlar yuborib, falonchi o’ldi, uning 
o’limi bilan butun arablar o’ldi, deb jar solish kabilardir, deyishgan. 
119-bob. Mayyitni yuvayotganda va kafanlayotganda aytiladigan zikrlar
Bu amallarni bajarayotganda, Allohni zikr qilib, mayyitni duo qilib turish mustahabdir. 
Agar g’assol mayyitni yuvayotganida, uning yuzida nur yoki xush bo’y sezsa, uni 
odamlarga aytishi yaxshi amallardandir. Ammo buning aksini ko’rsa, odamlarga aytishi 
haromdir. 
408/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«O’liklaringizni yaxshiliklarini zikr qilinglar, yomonliklaridan tiyilinglar» deb aytdilar. Abu 
Dovud va Termiziylar rivoyati. Termiziy buni zaif dedilar. 
409/2. Abu Rofe’dan rivoyat qilinadi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir mayyitni yuvib, uning ayblarini bekitsa
Alloh taolo uni qirq marta mag’firat qiladi», dedilar. Bayhaqiy rivoyatlari 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin