Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
120
32-bob. Ikki hayit namozida mashru’ bo’lgan zikrlar
Ikki hayit kechasida Allohning zikri, namoz va boshqa toatlar bilan mashg’ul bo’lish
mustahabdir. Hadisda vorid bo’lganidek, «Kim hayit kechalarini ihyo qilsa (uyg’oq
o’tkazsa), qalblar o’ladigan kunda uning qalbi o’lmaydi» yoki «Kim ikki hayit kechasida
Alloh uchun savob umid qilgan holda qoyim bo’lsa, qalblar o’ladigan
paytda uning qalbi
o’lmaydi». Shofe’iy va Ibn Mojalar zaif isnod ila rivoyat qilishgan.
Ikki hayit kunlari takbir aytish ham mustahab. Fitr (Ramazon) hayiti kuni uydan
chiqqanidan to namozgohga kelguncha takbir aytiladi. Qurbon hayitida esa, arafa
kunining bomdodidan boshlab to tashriq kuni oxirigacha (asrdan keyingacha) aytadi.
Takbir quyidagicha aytiladi:
«Allohu
akbar Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illallohu vallohu akbar,
Allohu akbar va
lillahil hamd». (Ma’nosi: Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir. Allohdan boshqa iloh
yo’q. Alloh ulug’dir, Alloh ulug’dir. Allohga hamd bo’lsin.) Ba’zilar:
«Allohu akbar kabiyron, valhamdu lillahi kasiyron va subhanallohi bukrotan va asiyla, la
ilaha illalloh va la na’budu illa iyyahu muxlisiyna lahuddiyna va
lav karihal kafirun, la
ilaha illallohu vahdahu sodaqo va’dahu va nasoro ‘abdahu va hazamal ahzaba vahdahu
la ilaha illallohu vallohu akbar» deb aytsa ham yaxshi», deyishgan. (Ma’nosi: Alloh
ulug’larning ulug’idir, unga ko’p hamdlar bo’lsin. Ertayu
kech Allohni poklab yod
eturman. Allohdan boshqa iloh yo’q. Unga ibodat qilib, Uning dinida xolis bo’lamiz,
garchi kofirlar karih ko’rsalar ham. Yakka Allohdan boshqa iloh yo’q. Alloh ulug’dir.)
Dostları ilə paylaş: