Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Taroveh namozidagi zikrlar



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

 
143-bob. Taroveh namozidagi zikrlar
Bilingki, taroveh namozi sunnat amaldir. Bunga hamma ulamolar ittifoq qilishgan. U 
yigirma rak’atdir. Har ikki rak’atda salom beriladi. Tarovehning sifati xuddi boshqa 
namozlar singaridir. Buni yuqorida ko’rib o’tdik. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
127
 
144-bob. Hojat namozidagi zikrlar
469/1. Abdulloh ibn Abu Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Kim Alloh taologa yoki odam bolalaridan birortasiga hojati bo’lsa, chiroyli 
tahorat olib, ikki rak’at namoz o’qisin va Allohga sano, Rasulullohga salovot aytib, so’ng 
ushbu duoni o’qisin:
«La ilaha illallohul haliymul kariym. Subhanallohi robbil ‘arshil ‘aziym. Alhamdu lillahi 
robbil ‘alamiyn. As`aluka mujibati rohmatika va ‘azoima mag’firotika val g’oniymata min 
kulli birrin, vassalamata min kulli ismin, la tada’ liy zanban illa g’ofartahu va la hamman 
illa farrojtahu va la hajatan hiya laka rizon illa qozaytaha ya arhamar rohimiyn». 
(Ma’nosi: Halim va karim sifatli Allohdan boshqa iloh yo’q. Ulug’ arsh rabbi Allohni 
poklab yod etaman. Olamlar rabbi Allohga hamd bo’lsin. Rahmatingga mustahiq 
bo’ladigan narsani, mag’firatingni vojib qiladigan narsani, har bir yaxshilikda g’animatni 
va har bir gunohdan salomat bo’lishni so’rayman. Menda biror gunoh qoldirmasdan 
mag’firat qilishingni, biror g’am qoldirmasdan ochib yuborishingni va o’zing rozi 
bo’ladigan biror hojat qoldirmasdan ravo qilishingni so’rayman, ey rahm qilguvchilarni 
Rahmlisi.) Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari 
470/2. Usmon ibn Hunayf (r.a.) rivoyat qiladilar: «Ko’zi ojiz bir kishi Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Alloh menga ofiyat-sihat berishini so’rab 
duo qilsangiz», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xohlasang duo 
qilaman, xohlasang sabr qil, ana shu sabr qilishing sen uchun yaxshidir», dedilar. Haligi 
kishi duo qilishlarini so’radi, Nabiy alayhissalom unga chiroyli tahorat olishni, so’ng 
ushbu duoni aytishni buyurdilar:
«Allohumma inniy as`aluka va atavajjahu ilayka binabiyyika Muhammadin nabiyyir 
rohmati sollallohu alayhi vasallam, ya Muhammadu, inniy tavajjahtu bika ila robbiy fiy 
hajatiy hazihi lituqzo liy. Allohumma fashaffi’hu fiyya». (Ma’nosi: Allohim, men 
payg’ambaring Muhammad alayhissalom bilan Senga yuzlanib, Sendan so’rayman. Ey 
Muhammad alayhissalom, men bu hojatim ravo bo’lishi uchun siz bilan Rabbimga 
yuzlandim. Ey Rabbim, ana shunda u kishini menga shafoatchi qil.) Termiziy va Ibn 
Mojalar rivoyati 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin