Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
134
Har gal Hajarul asvadga yetganida ana shu duoni o’qiydi. Avvalgi uch aylanishda
«Allohummaj’alhu hajjan mabruron va zanban mag’furon va sa’yan mashkuron», deydi. 
(Ma’nosi: Allohim, hajni qabul bo’ladigan, gunohni kechiriladigan va harakatni 
maqtaladigan qil.) Qolgan to’rt aylanishda:
«Allohummag’fir varham va’fu ‘amma ta’lam va antal a’azzul akrom. Allohumma 
robbana atina fiddunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar», deb 
aytadi. (Ma’nosi: Allohim, mag’firat qil, rahm ayla, bilgan narsalaringni afv et. Sen aziz 
va karamli zotsan. Ey Rabbim, dunyoyu oxiratda bizga yaxshilik ber va bizni do’zax 
azobidan saqla.) 
Imom Shofe’iy (r.a.): «Tavofda aytiladigan narsalarni eng yaxshisi «Allohumma robbana 
atina fiddunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar», deganlar. 
Kishi tavofdan keyin dini va dunyosida yaxshi ko’rgan narsalarini so’raydi. Agar bir kishi 
duo qilib, qolganlar omiyn deb tursa ham, bo’ladi.
Hasandan (r.a.) rivoyat qilinishicha, duolar quyidagi o’n besh o’rinda ijobat etiladi: 
tavofda, multazamda, mezob ostida, Baytullohda, Zamzam qudug’i oldida, Safo va 
Marva ustida, ular orasidagi sa’y qilinadigan yerda, maqomi Ibrohim orqasida, Arafotda, 
Muzdalifada, Minoda va uchta tosh otiladigan yerda. Kim mana shu o’rinlarda duo 
qilishga jiddu jahd etmasa, ko’p narsadan mahrum bo’libdi.
Ibn Umar (r.a.) tavofda: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku val 
lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr», deb aytardilar. 
Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim 
Ka’batullohni yetti marta tavof qilib, gapirmasdan, faqat: «Subhanallohi valhamdu lillahi 
va la ilaha illalohu vallohu akbar va la havla va la quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘aziym», deb 
aytsa, u kishining o’nta yomonligi o’chirilib, o’nta hasanot yoziladi va darajasi o’n 
barobar ko’tariladi», dedilar. 
Tavofni tugatgach, undan keyin o’qiladigan ikki rak’atni ham ado etgach, istaganicha 
duo qiladi, so’ng quyidagi duoni ham o’qiydi:
«Allohumma ana ‘abduka vabnu ‘abdika ataytuka bizunubin kasiron va a’malin sayyiah 
va haza maqomul ‘aizi bika minan nari fag’firliy innaka antal g’ofurur rohiym». (Ma’nosi: 
Ey Allohim, men Sening qulingman va qulingning o’g’liman, huzuringga ko’p gunohlar va 
yomon amallar ila keldim. Bu yer do’zaxdan panoh tilanadigan maqomdir. Mening 
gunohlarimni kechir, Sen gunohlarni kechiruvchi rahmli zotsan.) 
Fasl.
Multazam, ya’ni Ka’ba bilan Hajarul asvad orasida qilinadigan ma’sur duo: 
«Allohumma lakal hamdu hamdan yuvafiy ni’amaka va yukafiu maziydaka, ahmaduka 
bijami’i mahamidika ma ‘alimtu minha va ma lam a’lam ‘ala jami’i ni’amika ma ‘alimtu 
minha va ma lam a’lam va ‘ala kulli hal. Allohumma solli va sallim ‘ala Muhammadin va 
‘ala ali Muhammad. Allohumma a’izniy minash shaytonir rojiym va a’izniy min kulli suin 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin