Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
138
keladigan yomonlikdan ham panoh so’rayman.) Imom Termiziy rivoyatlari 
Arafa kuni hojilar Payg’ambarimiz aytgan ushbu duoni ko’p takrorlaydi, orada talbiya va 
boshqa duolarni ham aytadi, bunda ham ixtiyor qilingan duo «Robbana atina fid dunya 
hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban nar»dir. 
Shuningdek, ushbu duolarni ham o’qiydi:
«Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va innahu la yag’firuz zunuba illa anta 
fag’firliy mag’firotan min ‘indika varhamniy innaka antal g’ofurur rohiym». (Ma’nosi: Ey 
Rabbim, men o’z nafsimga ko’p zulm qildim. Albatta, sen gunohlarni mag’firat qilasan. 
Mening gunohlarimni huzuringda kechir, menga rahm qil, albatta, Sen kechiruvchi, 
rahmli zotsan.) 
«Allohummag’firliy mag’firotan tuslih biha sha`niy fiddaroyni varhamniy rohmatan 
as’adu biha fiddaroyni va tub ‘alayya tavbatan nasuxan la ankusuha abadan. Va alzimniy 
sabiylal istiqomati la aziyg’u ‘anha abadan». (Ma’nosi: Ey Rabbim! Meni mag’firat 
qilginki, ana shu bilan ikki dunyoda sha’nim isloh bo’lsin. Menga rahm qilginki, ana shu 
bilan ikki dunyoda baxtli bo’lay. Menga nasux tavbasi ila tavbalanishni nasib etginki, 
abadiy u tavbani buzmay. Va meni to’g’ri yo’lda bo’lishni mustahkam et, abadiy undan 
og’may.) 
«Allohumma unqulniy min zullil ma’siyah ila ‘izzit to’ah va ag’niy bihalalika ‘an haromika 
va bito’atika ‘an ma’siyatika va bifazlika ‘amman sivaka» (Ma’nosi: Ey Rabbim, gunoh 
xorligidan toatning izzatiga ko’chir. Haloling bilan haromdan, fazling bilan O’zingdan 
boshqalardan behojat qil.) 
«Va navvir qolbiy va qobriy va a’izniy minash sharri kullihi vajma’liyal xoyro kullahu» 
(Ma’nosi: Qalbim va qabrimni nurlantir, yomonlikning hammasidan saqla va menda 
barcha yaxshiliklar jamla.) 
Fasl.
Arafotdan Muzdalifaga ketayotganda, talbiya aytib, Qur’on tilovati va duolarni 
ko’paytirib, «La ilaha illallohu vallohu akbar»ni takrorlab boradi. Quyidagi duoni ham 
o’qiydi:
«Ilayka Allohumma arg’abu va iyyaka arju, fataqobbal nusukiy va vaffiqniy varzuqniy 
fiyhi minal xoyri aksaro ma atlubu va la tuhayyibniy innaka antallohul javadul kariym». 
(Ma’nosi: Ey Allohim, Senga rag’bat etaman, Sendan umid qilaman, hajimni qabul ayla, 
uni muvofiq qil. Meni talab qilganimdan ham ko’proq yaxshiliklar ila rizqlantir. Noumid 
qilma, albatta, Sen saxiy va qo’li ochiq Allohsan.)
Mana shu kecha hayit kechasidir. Hayit kunidagi zikrlar va kechani qoim bo’lib o’tkazish 
fazli haqida yuqorida aytildi. Bu kecha bilan birga, u makon ham sharaflidir. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin