www.ziyouz.com kutubxonasi
14
dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Doimo tiling Allohning zikri bilan
nam bo’lib yursin», dedilar». Termiziy rivoyatlari
21/21. Abu Said Xudriy (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan: «Qiyomat kuni Allohning huzurida darajasi ulug’ ibodat qaysi?» deb
so’rashdi. Rasululloh: «Allohni ko’p zikr qiluvchilar», deb aytdilar. Shunda men:
«Allohning yo’lida g’azot qiluvchidan ham afzalmi?» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar qilichi bilan kofir va mushriklarni urib, qilichi sinib, qonga belanib ketsa
ham, Allohni zikr qiluvchining darajasi undan afzaldir», dedilar». Termiziy rivoyatlari
22/22. Abu Dardo (r.a.) aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingiz
huzurida amallarning yaxshisi, darajangizni baland qiluvchisi, pul va oltinlarni infoq
qilishdan afzalroq bo’lgan va dushmaningizga yo’liqib, uning bo’yniga qilich urishdan
ham yaxshi narsani aytaymi?» dedilar. Sahobalar: «Ayting», deyishdi. Shunda
Rasululloh: «Allohni zikr qilish», dedilar. Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari
Hokim «Mustadrak» nomli kitoblarida bu hadisning isnodini sahih deganlar.
23/23. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bunday deganlar: «Isro kechasi Ibrohim alayhissalomga yo’liqdim. U zot: «Ey
Muhammad, ummatingizga mendan salom ayting va jannatning tuprog’i pok, suvi shirin
va o’zi tekis, o’simligi
«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» ekanini ularga xabar
bering», dedilar». Imom Termiziy rivoyatlari
24/24. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:
«Subhanallohi va bihamdihi», desa, u kishi uchun jannatda bir xurmo ekiladi», dedilar.
Termiziy rivoyatlari
25/25. Abu Zarr (r.a.) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Kalomlarning qaysi biri
Alloh taologa mahbubroq?» deb so’radilar. U zot: «Alloh farishtalariga ixtiyor qilgan
«Subhana robbi va bihamdihi, subhana robbi va bihamdihi» jumlasini aytish», dedilar».
Termiziy rivoyatlari
* * *
Kitobning asosiy mag’zini voqe’likdagi tartibga muvofiq zikr qildim, ya’ni, avval inson
ertalab uyqudan turganida o’qilishi lozim duo-zikrlarni, so’ng kiyinib, uydan
chiqayotganida o’qiladiganlarini, keyin esa, masjidga borayotib aytiladigan zikrlar va
hokazolarni kunlik tartibiga mos ravishda keltirdim.