www.ziyouz.com kutubxonasi
192
nafslarimiz yomonligidan panoh tilaymiz. Kimniki Alloh hidoyat qilsa, uni adashtiruvchi
yo‘q. Kimniki adashtirsa, uni hidoyatga eltuvchi yo‘q. Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb
guvohlik beraman. Va albatta Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning quli va
rasulidir. Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvoni)
vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko‘p erkak va ayollarni tarqatgan
Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Yana oralaringizdagi savol-javoblarda o‘rtaga nomi
solinadigan Allohdan ko‘rqingiz va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ajralib ketishdan
saqlaningiz), albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo‘lgan Zotdir. Ey mo‘minlar, Allohdan
haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan
o‘tinglar. Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar, to‘g‘ri so‘zni so‘zlanglar, (shunda Alloh)
ishlaringizni o‘nglar va gunohlaringizni mag‘firat qilur. Kim Allohga va Uning
payg‘ambariga itoat etsa, bas, u ulug‘ baxtga erishibdi»).
Abu Dovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar sahih isnod ila rivoyat qilishdi. Bu Abu
Dovud rivoyatlari lafzidan biri. Abu Dovudning yana boshqa bir rivoyatida «va rasuluhu»
so‘zidan keyin
«Arsalahu bilhaqqi bashiran va naziron bayna yadayis so’ati man yuti’illaha va rasulahu
faqod roshada vaman ya’sihima fainnahu la yazurru illa nafsahu va la yazurrulloha
shay’a» jumlalari keltirilgan. (Ma’nosi: «Uni (ya’ni, payg‘ambarni) qiyomat qoim
bo‘lishidan oldin haq ila jannatning xursandlik xabarini beruvchi va do‘zaxdan ko‘rqitib,
undan ogohlantiruvchi etib yubordi. Kimki Allohga va Uning rasuliga itoat etsa, batahqiq
to‘g‘ri yo‘lda bo‘libdi. Kimki Alloh va rasuliga osiylik qilsa, faqat o‘z nafsiga ziyon qilibdi.
Allohga biror narsa bilan zarar keltira olmaydi».)
Sohiblarimiz bu zikrlarga qo‘shib
«Uzavvijuka ‘alama amarallohu bihi min imsokin bima’rufin av tasrihin biihsanin», deb
aytish ham mahbub amaldir, deb aytishdi. (Ma’nosi: «Alloh buyurganidek, yaxshilik ila
ushlab turish yoki yaxshilik ila ko‘yib yuborish shartiga binoan senga qizimni
uzataman».)
Bu xutbalarning eng ozi
«Alhamdu lillahi vassalatu ‘ala rasulillah sollallohu alayhi vasallam uvsiy bitaqvalloh»,
deb aytishdir. (Ma’nosi: «Allohga hamd, Rasulullohga salavot va Allohga taqvo
qilishingni vasiyat qilaman».)