Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob Xushxabar va tabriklashning mahbubligi haqida



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

310-bob Xushxabar va tabriklashning mahbubligi haqida
Bu haqda Alloh taolo Qur’oni karimda quyidagi oyatlarni aytgan: 
«(Zakariyo) 
mehrobda namoz o‘qib turgan vaqtida unga farishtalar nido qildilar: «(Ey 
Zakariyo), Alloh senga Yahyo ismli farzand xushxabarini berur»
(Oli Imron 
surasi, 39-oyat); 
«Qachonki bizning elchilarimiz (ya’ni, farishtalar) Ibrohimga 
(farzand ko‘rish haqidagi) xushxabarni keltirishgach...»
(Ankabut surasi, 31-
oyat); 
«Darhaqiqat, bizning elchilarimiz farishtalar Ibrohimga (Ishoq ismli 
farzand ko‘rish haqida) xushxabar bilan kelib...»
(Hud surasi, 69-oyat); 
«Bas, Biz 
unga bir halim o‘g‘ilning xushxabarini berdik»
(Vas-saffot surasi, 101-oyat); 
«Ular: «Qo‘rqmagin, (bizlar farishtalarmiz, shuning uchun taom yemaymiz)», 
dedilar va (Ibrohimga) bir dona o‘g‘il xushxabarini berdilar»
(Vaz-zoriyot surasi, 
28-oyat); «Ular dedilar: «Qo‘rqmagin, (biz Alloh yuborgan elchi - farishtalarmiz). Biz 
senga bir bilimdon o‘g‘il (ya’ni, Ishoq) xushxabarini yetkazurmiz» (Hijr surasi, 53-oyat); 
«(Parda ortida Ibrohimning) xotini turgan edi. U (farishtalarning Lut qavmini halok qilish 
uchun kelganliklarini eshitib) kuldi - xursand bo‘ldi. Shunda Biz (farishtalarimiz 
vositasida) u ayolga Ishoq (ismli o‘g‘il ko‘rish) haqida va Ishoqdan keyin Ya’qub (ismli 
nabira ko‘rish) haqida xushxabar berdik» (Hud surasi, 71-oyat); «Farishtalar: «Yo 
Maryam, albatta Alloh senga Uzining so‘zini xushxabar qilib beradiki...» (Oli Imron 
surasi, 45-oyat); «Alloh imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan bandalariga beradigan 
xushxabari ana shudir» (Sho‘ro surasi, 23-oyat); «Bas, (ey Muhammad), Mening 
bandalarimga - so‘zga quloq tutib, uning eng go‘zaliga (ya’ni, najotga eltuvchi rost 
So‘zga) ergashadigan zotlarga xushxabar bering» (Zumar surasi, 17-18-oyatlar); 
«Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar» (Fussilat surasi, 30-
oyat); «Mo‘min va mo‘minalarning oldilarida va o‘ng tomonlarida nurlari (ya’ni, qilgan 
yaxshi amallari va nomai a’mollari yo‘llarini yoritib) ketayotganini ko‘radigan Kunni 
(eslang)! (Usha Kunda ularga deyilur): «Sizlar uchun bugungi xushxabar - ostidan 
daryolar oqib turadigan, (sizlar) mangu qoladigan jannatlardir» (Hadid surasi, 12-oyat); 
«Parvardigorlari ularga Uz tarafidan rahmat va rizolik hamda ular uchun bo‘ladigan 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin