Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə255/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

«Ey mo‘minlar, 
ko‘p gumonlardan chetlaninglar»
, deb aytgan (Hujurot surasi, 12-oyat). 
5. Hikoya qilib bergan narsasi sizni josuslik qilishga va uni axtarib haqiqatlashga 
majbur qilmasin. Alloh taolo: 
«Josuslik qilib yurmanglar»
, deb aytgan (Hujurot 
surasi, 
12-oyat). 
6. Chaqimchini qaytargan narsasida o‘zi rozi bo‘lmasligi va chaqimchiligini hikoya 
qilmasligi lozim. 
Umar ibn Abdulazizga bir odam boshqa bir kishi haqida zikr qilganida, bu zot: «Agar 
xohlasang, sening ishingni ko‘rib chiqamiz. Bordiyu yolg‘on gapirayotgan bo‘lsang, 
quyidagi oyat ahlidansan: 
«Agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, 
aniqlab-tekshirib ko‘ringlar»
(Hujurot surasi, 6-oyat). Agar sen rostgo‘y bo‘lsang, 
mana bu oyat ahlidansan: 
«G’iybatchi-yu, gap tashuvchiga itoat etmang»
(Qalam 
surasi, 11-oyat). Agar xohlasang, seni avf qilamiz», deganlarida, u kishi: «Ey mo‘minlar 
amiri, bu ishni endi zinhor qilmayman», dedi. 
Bir kishi Sohib ibn Abbodga bir maktub olib bordi, unda yetimning molini ega bo‘lib 
olishga rag‘batlantirish bor edi. U juda katta miqdordagi mol-mulk edi. Bu zot 
maktubning orqasiga quyidagi so‘zlarni bitib qaytarib berdilar: «Ulganni Alloh rahmat 
qilsin. Yetimga Alloh yordam bersin. Molini Alloh serhosil qilsin. Xat tashuvchini Alloh 
la’natlasin!» 
322-bob Zarar yetishidan xavf tug‘ilmasa, boshliqlarga so‘z tashimoqdan man 
etish bobi
908/1. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Sahobalarimdan birortasi boshqasi haqida biror narsa yetkazmasin. Chunki men 
sizlarning oldingizga qalbim sog‘lom holda chiqmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Abu 
Dovud va Termiziylar rivoyati. 
 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin