Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
250
329-bob La’natlashdan qaytarish to‘g‘risida
916/1. Sobit ibn Zahhokdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot «daraxt» sohiblaridan edilar
(ya’ni, daraxt ostida bay’at berganlar). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minni
la’natlash uni o‘ldirgan kabidir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
917/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Siddiq la’natlovchi bo‘lishi mumkin emas», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
918/3. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«La’natlovchilar Qiyomat
kunida shafoat qiluvchi ham, shohidlik beruvchi ham
bo‘lishmaydi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
919/4. Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Allohning la’nati, gazabi va do‘zaxi bilan la’natlamanglar», dedilar. Imom
Abu Dovud va Termiziylar rivoyatlari.
920/5. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Mo‘min kishi ko‘p so‘kuvchi ham, ko‘p la’natlovchi ham, fahsh so‘zlarni aytuvchi ham,
odobsiz ham bo‘lmaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
921/6. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar
banda biror narsa ila la’natlasa, la’nati osmonga ko‘tariladi.
Osmon eshiklari uning
ro‘parasida yopiladi. So‘ngra yerga tushadi. Bas, uning eshiklari ham yopiladi. So‘ngra
o‘ng va chap tomonga boradi. Agar imkoniyat topa olmasa, la’natlangan kishiga qaytadi.
Agar uning sohibi o‘sha la’natga ahl (munosib) bo‘lsa, unda qoladi. Agar ahl bo‘lmasa,
aytgan kishining o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
922/7. Ibn Abbosdan (r.a.) qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki ahli
bo‘lmagan narsa ila la’natlasa, la’nati o‘ziga qaytadi», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar
rivoyatlari.
923/8. Imron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
safarlarning birida ekanliklarida ansoriylardan
bir ayol tuyadan achchiqlanib, uni
la’natladi. Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eshitib, «Bundagi narsalarni olib
tuyani qoldiringlar, chunki tuya la’natlangandir», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Imron (r.a.) «Men u tuyani hozir ko‘rgandekman.
U kishilar orasida yuradi-yu, ammo
unga biror kishi yuzlanmaydi», deb aytganlar.
924/9. Abu Barzadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir joriya qiz qavmning yuki turgan tuyada
edi. Tog‘ning tor joyida u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rib, tuyaga «To‘xta!
Alloh seni la’natlasin», deb yubordi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu
la’natlangan tuyani bizga hamroh qilmang», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.
Boshqa rivoyatda «Allohning la’nati bo‘lgan bu ulovni bizga hamroh qilmang», deb
kelgan.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: