Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
79/1. Savbon (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim
masjidda she’r aytgan kishini ko’rsa, Alloh tishingni sindirsin, deb uch marta aytsin»,
dedilar». Ibn Sunniy rivoyatlari
24-bob. Azonning fazilati
80/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Agar insonlar
azon bilan birinchi safda nima borligini bilganlarida, chek tashlab bo’lsa ham, unga
erishar edilar», deb aytdilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
81/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar
namozga azon aytilsa, shayton orqasidan yel chiqarib, to azon eshitilmaydigan yergacha
qochadi», dedilar. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
82/3. Muoviya (r.a.) aytadilar: «Rasululloh alayhissalomning: «Qiyomat kuni
insonlarning eng bo’yni uzuni muazzinlardir», deganlarini eshitdim». Imom Muslim
rivoyatlari
83/4. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Muazzinning ovozini eshitgan ins ham, jin ham qiyomat kuni unga guvohlik beradi»,
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
Birodarlarimiz azonmi yoki imomlik afzalligi to’g’risida ixtilof qilishdi. Bu boradagi bahs
to’rt fikrdan iborat bo’ldi: 1) azon aytish afzal; 2) imomlik afzal; 3) ularning maqomlari
bir xil; 4) imomlik huquqini bilsa, imomlik afzal, bilmasa, azon afzal.
Dostları ilə paylaş: