336-bob Ulamolardan bir jamoasi ba’zi lafzlar karih ekanini aytsa-da, u so‘zlar aslida karohiyatli emasligi haqida Bilingki, botil so‘z bilan g‘ururlanmaslik hamda uni ta’vil etmaslik uchun bu bobni zikr
qilish ehtiyoji bor.
Bilingki, shariat ahkomlari beshtadir:
1) Iyjob (vojib, qilinishi shart).
2) Nadab (tavsiya qilingan).
3) Tahrim (harom, qaytarilgan).
4) Karoha (makruh, karih ko‘rilgan).
5) Iboha (muboh).
Bulardan birortasi dalilsiz hujjat bo‘lmaydi. Shariat dalillari esa ma’lumdir. Dalili yo‘q
narsaga murojaat ham qilinmaydi. Va javobiga ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Chunki u hujjat
bo‘lolmaydi. Shu bilan birga ba’zi bilimdon ulamolar bu kabi narsalarda uning botilligiga
dalil keltirib zikr qilishadi. Karih ko‘rilgan, deb aytuvchini «karih ko‘rilgan emas» yoki
«ular botildir» yo shunga o‘xshash ularning ziddiga iboralarni aytishdan maqsadim uning
botil ekaniga dalil keltirishning ehtiyoji yo‘q ekanini bildirishdir. Agar men ham dalil
keltirsam, unda ular kabi bilimdonlardan bo‘lib qolaman. Bu bobni qayd qilishimdan
maqsadim xato bilan to‘g‘rini ajratish va bu botil so‘zlarni qo‘shuvchilar ulug‘liklari bilan
g‘ururlanmasliklari uchundir. Bilingki, ba’zi lafzlarni makruh, deb aytuvchilarning
obro‘lari ketib qolmasligi uchun va yomon gumon qilinmasligi uchun ularni nomma-nom
keltirmayman. Bu yerda maqsad ularni yomonlash emas. Balki ulardan naql qilingan
botil so‘zlardan ogoh etish, xolos. Xoh u naql qilingan narsa sahih bo‘lsin yoki sahih
bo‘lmasin. Agar sahih bo‘lsa, bilganingizdek, ularning obro‘lariga ziyon keltirmaydi.
Ana shulardan biri Abu Ja’far Nahhos «Sharhi asmoullohi taolo subhanahu» nomli
kitoblarida: «Ulamolar «Tasaddaqallohu ‘alayka», ya’ni «Alloh senga sadaqa qilsin», deb
aytmoqni karih ko‘rishgan. Chunki sadaqa beruvchi savobni umid qiladi. (Alloh bundan
munazzahdir)», deb aytgan so‘zlaridir. Imom Navaviyning fikrlaricha, bu hukm ochiqcha
xato bo‘lib, xunuk johillikdir. Dalil keltirish esa undanda qattiqroq buzuqlikdir. Chunki
«Sahihi Muslim»da keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozning qasr